“Biz investorlar tomonidan XMKga o‘zbek so‘mining qabul qilinishiga katta qiziqish bildirganlaridan juda mamnunmiz. Bu muvaffaqiyatli jarayon o‘zbek valyutasidagi investorlar bazasini kengaytiradi va xalqaro kapital bozorida o‘zbek milliy valyutasining jozibadorligini oshirishga yordam beradi”, – deydi Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Eshmatov.

Obligatsiyalardan tushgan daromad “Hamkorbank”ni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu orqali bank mahalliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirish imkonini qo‘lga kiritadi deb xabar berilmoqda XMKning saytida.

“Bu o‘z navbatida tadbirkorlarning o‘sishiga va xorijiy valyuta bilan bo‘g‘liq kreditlarning xataridan qochish imkonini beradi”, – deb ishonmoqda XMK.

“Hamkorbank” raisi Ikrom Ibragimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur jarayon bankning mahalliy valyutada mijozlarga kredit berishini oshirishga va mijozlarning valyutani yo‘qotish xavfini kamaytirishga yordam beradi.