Jeff Bezos davlat yordamisiz ham Oyda yashash joylari qurishga va’da berdi

Amazon asoschisi va bosh direktori Jeff Bezos, uning aerokosmik kompaniyasi bo‘lgan Blue Origin agar AQSh hukumati tomonidan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilmasa ham Oyda kishi yashashi uchun yaroqli joylarni izlashiga va’da berdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Kosmosni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada chiqish qilgan Bezos Oydagi tadqiqatlar kishining uzoq muddatli yashashi bilan bog‘liq masala ekanligini ta’kidladi. “Bu biz bajarishimiz “mumkin” bo‘lgan narsa emas. Bu biz qilishimiz shart bo‘lgan ishdir”, – deb kelgusi avlod agar Yerdan boshqa Quyosh tizimidagi qismlarni ham egallashmasa yashay olmasliklarini qo‘shimcha qildi.

Dunyoning eng boy kishisi agar kishi kosmosga uchmasa, ekologik va boshqa cheklovlar Yerdagi taraqqiyotning to‘xtashiga sabab bo‘ladi. “Bu nabiralarim va ularning farzandlari yashashlarini istaydigan kelajagim emas”, – dedi Bezos.

Jeff Bezos kosmik loyihalarining muvaffaqiyati haqida gapirib bermadi, lekin Blue Origin uning eng muhim ishi ekanligini qayd etgan. U har yili Amazon’ning taxminan 1 mlrd $ mablag‘ini 2019-yilda kosmosga turistik parvozlarni amalga oshirishni maqsad qilgan Blue Origin’ga sarflaydi. Shuningdek, kompaniya orbita va uning tashqarisidagi sun’iy yo‘ldosh va kosmik apparatlar uchun raketalar tayyorlash ustida ham ishlamoqda.

Biz Oyga uchishimiz va unda qolishimiz kerak. Yana kimdir bu bilan shug‘ullanadi yoki mening pullarim tugaydi.

Blue Origin NASAga davlat-xususiy hamkorlik doirasida Oyga 5 tonnagacha yuk tashiy oladigan Blue Moon modulini qurish taklifini bergan. Bezosning so‘zlariga ko‘ra, agar NASA loyihani qo‘llab-quvvatlamasa ham u o‘z o‘ylagan loyihasini amalga oshiradi.

Bezosning fikricha, Yer yengil sanoat uchun mos tushadi, biroq o‘ttiz yoki 100 yillik istiqbolda og‘ir sanoat sayyoramizdan quyosh energiyasini doimiy ravishda oladigan joyga ko‘chirilishi kerak. “Hozir biz Yerda hozir qilayotgan narsalarimizning ko‘pi kelgusida kosmosda bajarilishini osonlashtiradi, chunki u yerda bizda ko‘p energiya mavjud bo‘ladi”, deb fikrini xulosaladi u.

______________________