Xorijlik hamkorlar tomon 4 qadam

Agar kompaniya xalqaro bozorga kirsa, u xorijiy sheriklar va homiylar bilan munosabatlarni o‘rnatishda qator qiyinchiliklarga duch keladi.

Quyidagi maqolada turli kompaniyalar vakillari bilan muloqot qilib, xalqaro bozorga chiqishning eng qulay vositalarini, shuningdek, samarali muloqotning tarkibiy qismlarini aniqlandi.

  • Har doim boshqa mamlakat vakillarining mentalitetini hisobga oling

Kuchli, do‘stona aloqalar xalqaro maydonda katta ahamiyatga ega. Xalqaro aloqalar juda nozik bo‘ladi, ko‘pincha geosiyosat yoki jahon moliyaviy munosabatlari xalqaro bozorga ta’sir etadi. Bundan tashqari, har bir tomonning madaniyatini tushunish va hurmat qilish muhimligini ham ta’kidlash lozim. Bunday kichik ko‘rinuvchi narsalar tomonlarning bir-biriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va uzoq davom etuvchi ittifoqni vujudga keltirishi shubhasiz.

Bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha ko‘pincha madaniyat va mentalitetlar hamkorlik uchun to‘g‘ri vositalari tanlashda muhim rol o‘ynarkan. Global Radiatori nomli italyan radiatorlar ishlab chiqaruvchisining Rossiyadagi vakolatxonasi bosh direktori Inga Shidlauskene hamkorlar bilan ishlash jarayonida paydo bo‘ladigan eng ko‘p qiyinchiliklar biznesga turlicha yondashuvlar sabab kelib chiqadi: rus kishisi uchun ravshan bo‘lib turgan narsa, italiyalik hamkorga noma’lum bo‘lishi mumkin. Dastlabki bosqichda italiyalik hamkasblarimiz ishlab chiqarish texnologiyasini nega Rossiya sharoiti uchun maxsus o‘zgartirish kerakligini tushunmadilar. Ularga Rossiya ixtisosligini, o‘ziga xos xususiyatlarni tushuntirish uchun va boshqacha radiatorlar Rossiya “yashab ketolmasligiga” ishontirishimiz uchun vaqt kerak bo‘ldi.

“CTT Expo”ning bosh direktori Andreas Lettl shuningdek, uning kompaniyasi turlicha fikrlash va boshqa ko‘p jihatlardan farq qiladigan nemis hamkorlari bilan rus qonunchiligi va biznes yuritish tamoyillarining o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirishga erishganini aytib o‘tdi.

  • Kompaniyalar bilan uchrashish va hamkorlarni topish uchun uchrashuvlar o‘tkazing

Ibero-Rus Biznes Alyansi (ACIR) vakillari ham, shuningdek, kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish uchun to‘g‘ri sheriklar va investorlar tanlashga, sotuv bozorlarini kengaytirishga va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun samarali vositalarni topishga imkon beruvchi ta’sirchan vositalarni izlash zarur deb hisoblaydi.
Misol uchun, bunday vositalarni izlash uchun bugungi kunda ochiq ochiq muloqot formatida o‘tadigan, boshqa bozorlarga chiqish jarayonida eng ko‘p uchraydigan, turli muammolar muhokama qilinadigan mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillarining uchrashuvlari o‘tkaziladi.

  • Siz nisbatan norasmiy aloqa vositalarini masalan, ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishdan foydalanishingiz mumkin

Effectiff tarjimalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning rahbari Aleksandr Leshchinskiyning so‘zlariga ko‘ra,  bugungi kunda eng samarali vositalardan biri sifatida ijtimoiy tarmoqlar namoyon bo‘lmoqda. “Biz qiziqqan insonlarni do‘stlarimiz safiga qo‘shamiz, ular bilan muloqot qilishni boshlaymiz, umumiy qarashlarni topamiz va munosabatlar o‘rnatamiz. Keyinroq biz ular bilan uchrashuv o‘tkazishga harakat qilamiz, muammolarning o‘zaro foydali yechimlarini topishga intilamiz‘, – deydi Aleksandr.

  • Konferensiyalarda, ko‘rgazmalarda va boshqa shunday tanlovlarda ishtirok eting

Tender platformalari xalqaro tashkilotlar xalqaro hamkorlarni izlashda muhim rol o‘ynaydi, ko‘pincha xalqaro shunday tadbirlarda chet ellik hamkorlar topiladi. Bu jarayon juda qiyin bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik uni eng ishonchli usul deb biladi. Eng muhimi, tanlangan tadbirning auditoriyasini diqqat bilan o‘rganing.

Xulosa qilish aytish mumkinki, sheriklar orasidagi uzoq muddatli munosabatlar u shaxslar yoki tashkilotlararo bo‘lsin ishonchga borib taqaladi. Agar ikkita xalqaro kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni qurish haqida gapiradigan bo‘lsak, har ikki tomon ham bozorda egallab turgan o‘z pozitsiyalarini aniq anglashlari va hamkorlik orqali nimaga erishmoqchi bo‘lganlarini aniq anglashlari kerak. Bu yerda axborotlar juda katta rol o‘ynaydi. Dolzarb ma’lumotlar, tajriba almashish, birgalikdagi tahlil va muammoni hal qilish – bu ma’lumotlarning sifatiga va unga qanchalik ishonish mumkinligiga bog‘liq.

______________________