Boshqarish zarur bo‘lgan xodimlarni yollash yoqimsiz holat

“Tinkoff bank” asoschisi Oleg Tinkovning Vladimir Pozner bilan suhbatidan asosiy parchalar bilan tanishing.

Oleg Tinkov Vladimir Pozner bilan Rossiyadagi IT-maktablar, tadbirkorning qobiliyati va ishchilarni ishga olish tamoyillari haqida suhbatlashdi.

Pivo va “Tinkoff bank” o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida

Men birinchi pivo restoranimga asos solganimda, uni menga nemis  kishi yetkazib berardi va u menga pivoni qanday nomlashim haqida savol berdi. Men unga “Bizning pivo” deb nomlamoqchiligimni aytdim. U esa pivoning Germaniyada o‘z nomi borligini va men ham uni shunday atashimni aks holda mahsulot sifati uchun javobgar bo‘lmasligimni aytdi.

Peterburg qo‘rqinchli edi. Hamma yashirinardi, o‘z ismlarini oshkor qilmasdilar. Men boshqa yo‘lini topdim: nom oxiriga ikkita “F” harflarini qo‘ydim. Rosti meni nemis tanishim ishontirdi, lekin baribir qo‘rqardim.

Bizning marketing bo‘yicha direktorimiz Samvel Avetisyan, u Tinkovlar oilasining aristokratik gerbini izlab topdi, men esa uni tanladim. Yagona qo‘shilgan narsa yil edi va men u qayerdan kelganini tushunmasdim. Keyin men “Ginnes” pivo zavodi oldiga kelib, xuddi shu shunday narsani ko‘rdim va uni “Ginnes”dan ko‘chirganini tushundim.

O‘z taqdirini belgilash va iste’dod haqida

Qabrimda “Tadbirkor” deb yozilishini istardim. Uning oldida yana qanaqadir sifat bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmayman.

Men tadbirkorlarni alohida kasta deb hisoblayman: ular dunyoni o‘zgartiradigan, yangi ish o‘rinlari yaratadigan, dunyoni ilgariga suradigan singari  odamlardir. Men uchun tadbirkorlik qo‘shiqchilik, yozuvchilik va olimlik kabi qobiliyatdir. Hatto qiyinroq ham: tadbirkor bo‘lish katta mas’uliyat yukini surishdir.

O‘qish va kasb haqida

Tadbirkorlik – Xudo tomonidan berilgan iste’doddir. Dunyoni o‘zgartirgan eng yaxshi tadbirkorlar, Forddan Jobsgacha, aksariyati universitetni tashlab ketishgan, ya’ni ularni tugatishmagan.

Tadbirkor bo‘lish uchun hech qanday ma’lumotga ega bo‘lish shart emas. Hadya etilgan qobiliyat, qat’iyat, erkinlik bo‘lishi, kishi stresslarga chidamli bo‘lish, psixolog va strateg bo‘lishi kerak.

Tadbirkorga ta’lim hattoki zarar yetkazishi ham mumkin. Agar o‘g‘lim 3-kursdan universitetni tashlab ketsa bu men uchun eng yaxshi holat bo‘ladi.

Ishbilarmonlar va yulduzlar haqida

Tadbirkorlar jamiyat elitasining yulduzlari bo‘lishi kerak. Biz Kremlda eng munosib odamlarni: olimlar, rassomlar, harbiylarni taqdirlashlarini ko‘ramiz, lekin men ular safida tadbirkorlarni ko‘rmayapman.

Angliya-sakson iqtisodiyotining kuchi deb men ular tadbirkorni qahramon deb ko‘rishlarini bilaman, unga taqlid qilishini istashadi. Bizda shu jihat yetishmaydi.

Maqsad pul topish emas

Tadbirkor pul topish kerak, bu narsa uyatli emas va qo‘rqmaslik kerak. Pul yaxshi, u erkinlik beradi, kapitalni qayta investitsiyalash, mahsulotni yaratish imkonini beradi.

U hayotni o‘zgartirishga kuch va ishonch berishini rad etib bo‘lmaydi.

Biz bank sohasini o‘zgartirdik. Kecha menga VTB va “Alfa-bank”dan murojaat qilishdi: ular men sabab boshqaruvchini ishdan bo‘shatibdilar, chunki biz hamma narsani o‘zgartirgandik. Bu men uchun hisobimda 200 yoki 300 million dollar turganidan ko‘ra zavqliroqdir.

Pul asosiy motivator emas.

Raqamli iqtisodiyot va kadrlar haqida

Raqamli iqtisod haqida gapiramiz, lekin kim buni amalga oshiradi?

Bankimizda o‘rtacha yosh – 24 yoshni tashkil qiladi. Bizga har yili 800 ming IT-mutaxassislar kerak bo‘ladi, universitetlar esa yurist va menejerlarni chiqarishga zo‘r bermoqda. Uchinchi kurs talabalari bilan ishash befoyda. Maktabdan ishni boshlash kerak. Oliy va o‘rta ta’limda global islohotlar qilish kerak.
Agar avval 21 yoshli qiz va yigitlarni 80 ming rubllik maoshga yollagan bo‘lsak, hozir bu raqam 160 ming rublga chiqqan. Menejerlar esa 50 ming rubllik ish ham topa olishmayapti.

Tibbiyot va ta’lim

Kimga yaxshi shifokorsiz tomografiya kerak? Men shifokorga borishim kerak bo‘lsa, ikkinchi tili ingliz tili bo‘lmagan shifokor ko‘rigiga bormayman. Sanoat har 5 yilda o‘zgaradi, forumlarga borganda gapni eshitib, tushunish kerak, u yerda hammasi ingliz tilida bo‘ladi.

Tinkovsiz “Tinkoff-bank” haqida

Meni oldimga Aleksey Mordashov kelib: “Sen bo‘lmasang, “Tinkoff-bank” ham bo‘lmaydi”, dedi.

Men pivo, tamaddixona kabi 4 ta biznesni sotganman, bank esa 12 yildan beri bor. Menga hammasi yoqadi, men uni sotmayman.

Agar men ertaga bo‘lmasam, bankda hech nima o‘zgarmaydi, mening menejerlar jamoam butunlay avtonom va aqlli. Men ularning operatsion boshqaruvi bilan emas, strategiya bilan shug‘ullanaman. Tadbirkor, rahbar, asoschi uchun boshqarish talab qilinadigan xodimlarni yollash uyatli holat.

Bizda rahbar yo‘q, hech kim menga bukilib murojaat etmaydi, ba‘zi hollarda hatto so‘rashishmaydi ham.

Suhbatlar va o‘z kishilari haqida

Mutaxassis yuqori ma’lumotli bo‘lgani yaxshi, lekin uning fikrlashi eng muhimi sanaladi. Ishga kirish oldi suhbatga kishi bo‘yinbog‘da kelsa – bu eng yomoni. Bo‘yinbog‘, kostyum-shim, ko‘zoynak bo‘lsa bo‘ldi qaysidir bankka tegishli xodim degan tasavvur o‘tmishdan qolgan.

Umuman olganda bankirlarni yollamaslikka harakat qilamiz. bizning 60 foiz ishchilarimiz – IT sohasidagilar.

Albatta, Yaratgan tomonidan menga berilgan qobiliyat kishi ishga kelganda u “bizning odam” bo‘lib ketoladimi-yo‘qmi aniqlab olishimga ko‘mak beradi. Yaxshi kishini hamisha ishga olamiz, hattoki ma‘lumotsiz bo‘lsa ham.

______________________