Twitter rahbari Jek Dorsi noutbuklardan voz kechish haqida

Mening noutbukim yo‘q, hamma ishni o‘z smartfonimda bajaraman.

O‘zim uchun bir necha shaxsiy qoidalarni ishlab chiqqanman: ertalab ishga borgunimcha smartfonimni tekshirmayman va unda ish qiladigan vaqtim barcha bildirishlarni o‘chirib qo‘yaman.

Jek Dorsi xabarlar va boshqa matnlarni terishda ovozli kiritishdan foydalanishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yish aniq bir vazifa ustida ishlashda diqqatni jamlashga yordam beradi.

Dorsi shuningdek, ish bo‘yicha uchrashuvlarda u va hamkasblari chalg‘imaslik uchun telefon va noutnuklarni o‘chirib qo‘yishlarini ham ta’kidladi. Bu shunchaki birgalikda yig‘ilishga emas, balki savollarga aniq bir yechim topishga yordam beradi, dedi u.

______________________