Qanday qilib jamoada yetakchiga aylanishingiz mumkin

Qo‘l ostingizdagi xodimlar bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yish kerak, haqiqiy yetakchiga aylanishdagi muvaffaqiyat siri nimada? Bunda ba’zi bir o‘rinlarda sirkdagi hayvon o‘rgatuvchilardan nimalarnidir o‘rgansa bo‘ladi.

Jamoa yanada yaxshiroq ishlashi uchun uni qanday boshqarish kerak? Hayvonlarini qo‘lga o‘rgatish bilan jamoani boshqarish o‘rtasida qanday o‘xshashlik bo‘lishi mumkin? Xodimlarni yangi marralar sari qanday ilhomlantiriladi? Nega bugunga kelib klassik qat’iy  menejment ishlamayapti? Bu kabi savollarga Moskva birjasining asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha boshqaruvchi direktori Anna Vasilenko Women’s leadership forum — 2018 tadbirida gapirib berdi.

Meni moliya sohasida ishlaydigan Anna ismli do‘stim bor. Undan odamlarga ijobiy munosabatni o‘rganish kerak. Tasavvur qilaylik siz jamoangizga u taniydigan yangi Vasya ismli odamni jalb qilmoqchisiz va uning Vasya haqida nima deb o‘ylashiga qiziqasiz? Bunga javoban siz “Vasya ajoyib inson” va uning xislatlari haqida fikrlarni eshitasiz. Bu qayta aloqa olishni istaganingizda yaxshi yoki yo‘qligini bilmayman, lekin umuman olganda hayotda shunday qilgan ma’qul.

G‘iybatlardan saqlaning – siz va atrofingiz uchun, ular juda zaralidir. Biz kimnidir baholay boshlasak, yomonlasak bu bilan o‘zimizga salbiy bilan zarar yetkazamiz, bu odamning obro‘sini pasaytiramiz va o‘zaro munosabatlarimizni ham xavf ostiga qo‘yamiz.

Muloqotda uchta qoidaga rioya qilish juda muhim:

  • ko‘p gapirmang,
  • ortiqcha gapirmang,
  • salbiy fikrlaringizni ovoz chiqarib aytmang.

Men o‘rnak oladigan yana bir ayol bor, u hayvonlarni qo‘lga o‘rgatuvchi murabbiy Marina. Tigra nomli itim bor, uning xulqi juda murakkab. U mening birinchi itim va nima qilishni, qanday tarbiyalashni bilmasdim. Turli hayvon o‘rgatuvchilari bechora itim qiynab tartibga keltirmoqchi bo‘lishdi, uni kaltaklashdi, it esa ular nima istayotganini tushunmasdi va bu hech qanday natija bermasdi. Keyin, Marinani uchratdim. U itlarni kaltaklash mumkinmasligi va hamma narsani so‘z bilan hal qilinishi mumkinligini aytdi. Odamlar bilan ham shunday: jamoa a’zolaringiz bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilishingiz kerak, shunda kishi o‘z ishi uchun albatta mukofotlanishini tushunadi: bonuslar, qo‘shimcha mablag‘lar yoki yaxshi so‘zlar bo‘lishini.

Ushbu saboq hayotimni sezilarli darajada o‘zgartirdi.

Agar jamoa a’zolarimiz bilan ijobiy munosabatda bo‘lsak, ular yaxshiroq ishlashadi va natijalarga erishadi.

Biror kishini rag‘batlantirish yoki unga salbiy munosabatda bo‘lishni xohlaysizmi bunda to‘g‘ri vaziyatni topish muhimdir. Jamoa kimdir o‘zini ko‘rsatsa, “Qanday yaxshi”, deb o‘ylasangizu, lekin bir hafta o‘tib unga bu haqda aytsangiz, u nima uchun maqtayotganingizni tushunmasligi mumkin. Shuning uchun, agar biror kishi (yoki hayvon) biror yaxshi ish qilsa, darhol unga bu haqda ayting. Xuddi shunday,  yoqtirmaydigan narsalar bilan ham shunday muomala qilish kerak – nima sizga yoqmasa bunga erta, indin deb sabr qilib o‘tirmang. Bu orqali jamoangiz ancha sog‘lom munosabatlarda bo‘ladi.

Lideri jamoa bilan to‘g‘ri muloqot qilish, tushunarli tilda gaplashishni va aniq vazifalarni bajarishi mumkin bo‘lgan shaxs bo‘lib, jamoa nima haqida gaplashayotganini va undan nimani xohlashlarini tushunishi kerak.

Liderning jamoaga berishi mumkin bo‘lgan eng muhim narsa himoya hissi va jamoamiz a‘zolarini tushunish.

Ushbu tamoyillarni o‘zingizga asosiy qurol qilib olsangiz, jamoangiz, albatta katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

______________________