Hisobot: o‘zbekistonliklar qanday ishni ko‘proq izlaydilar?

HeadHunter O‘zbekistonda ish izlash bo‘yicha o‘z ma’lumotlari asosida tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda kommersant.uz tomonidan tayyorlangan maqola bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Mehnat faoliyati har birimizning hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Lekin shunday lahzalar bo‘ladiki, inson ishini, hatto faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish ustida jiddiy o‘ylanib qoladi. O‘zgarishlar har doim ham oson kechavermaydi, shu sababli shubhaga yo‘g‘rilgan savollardan qochib qutulib bo‘lmaydi.

Ish izlashni nimadan boshlash kerak? Qaysi ish menga mos keladi? Mehnat bozorida qanday bo‘sh ish o‘rinlari bor? Rezyumeni qanday tuzgan yaxshiroq? HH.uz O‘zbekistondagi maoshlar va mehnat bozori haqidagi eng so‘nggi sharhni taqdim etadi. HeadHunter tadqiqotlari asosida O‘zbekiston mehnat bozoridagi talab va takliflarning asosiy tendensiyalarini ko‘rib chiqamiz.

Eng talabgor kasblar beshtaligi
2018-yil boshida bo‘sh ish o‘rinlari savdo sohasida ayniqsa katta o‘sishga ega bo‘ldi (joylashtirilgan barcha vakansiyalarning 25 foizi).

Reytingda ikkinchi o‘rinni IT, telekom va turizm, restoranlar egalladi (11,7 foizdan).

Yetakchi uchtalikka yana ma’muriy personal (11 foiz) ham kiradi. Bu yo‘nalish ichida talabgor uchtalikni ofis-menejer, rahbar yordamchisi, call-center operatori lavozimlari tashkil etdi.

Bozorda yana tibbiyot xodimlari, sug‘urtachilar, xaridlar bo‘yicha mutaxassislarga ham talab katta.

Portal taxminiga ko‘ra, eng noyob mutaxassislar tibbiyotda, turizm, restoran biznesi hamda konsultatsiyalar sohasida kuzatiladi.

Bozorda kimlar izlanmaydi?
E’tibordan chetda qolganlar ichida birinchi o‘rinni xom ashyo qazib chiqarish sohasi mutaxassislari egallaydilar. Bu eng daromadli va istiqbolli soha bo’lgani bois, mutaxassislar o‘rtasida kuchli raqobat mavjudligi hayratlanarli emas. Top-menejerlar va davlat xizmatchilari, shuningdek xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida ham raqobat anchayin kuchaydi. Ishni endi boshlayotganlar uchun ham murakkab davrlar kechmoqda – ularning talablari ham ish beruvchilar takliflaridan ustun bo‘ldi. Transport va uy xodimlari an’anaviy ravishda raqobat kuchli bozorlar sanaladi.

Raqamlar: yosh, maosh, jins muvozanati
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, asosan 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar ish qidiradilar – umumiy ko‘rsatkichning 56,2 foizi. Erkaklar (77,5 foiz) ayollarga (22,4 foiz) qaraganda uch barobar ko‘proq rezyume joylaganlar.

Joriy yil birinchi choragida eng yuqori haq to‘lanadigan kasblar yo‘nalishi tibbiyot va farmasevtika bo‘ldi. Bu
sohada yalpi maosh hajmi – birinchi chorak uchun 128 000 000 so‘m.

Ish izlovchilar olishga tayyor bo‘lgan minimal ish haqi – 400 000 so‘m IT sohasidagi boshlovchi mutaxassis uchun so‘ralgan. Ish beruvchilar esa, minimal ish haqi – 700 000 so‘mni yuk tashuvchi-yig‘uvchi lavozimi uchun taklif qilganlar.

Ish beruvchilar takliflari

 Kasb yo‘nalishi

Minimal
ish haqi
Maksimal
ish haqi

Avtomobil biznesi

688 512

15 872 000

Ma’muriy personal

786 944 4 160 000
Banklar, investitsiyalar, lizing 885 248

11 803 392

Xavfsizlik

462 336 2 213 120

Buxgalteriya, boshqaruv hisobi, moliya

786 944

9 836 160

Yuqori menejment 2 459 008

11 803 392

Davlat xizmati, nodavlat tashkilotlari

2 459 008 2 459 008
Xomashyo qazib chiqarish 6 348 800

6 745 600

Uy xodimlari 944 256

1 967 232

Xaridlar 1 721 344

6 745 600

Installyatsiya va servis

1 475 456 5 900 800
Axborot texnologiyalari, internet, telekom 786 944

11 904 000

San’at ko’ngil ochish, mass-media

688 512 15 872 000

Konsultatsiya

688 512

9 836 160

Marketing, reklama, PR 786 944

5 901 696

Tibbiyot, farmatsevtika

983 552 12 800 000

Ilm-fan, ta’lim

1 229 568 7 142 400
Ish boshlash, talabalar 688 512

7 936 000

Savdo 836 096

9 836 160

Ishlab chiqarish 786 944

12 800 000

Ishchi personal

590 208 3 934 464

Sport klublari, fitnes, go’zalik salonlari

1 775 456

1 775 456

Qurilish, ko‘chmas mulk 885 248

8 960 000

Transport, logistika

688 512 15 872 000
Turizm, mehmonxonalar, restoranlar 786 944

15 872 000

Xodimlarni boshqarish, trening 768 000

3 934 464

Yuristlar 1 721 344

7 868 928

______________________