Toshkentdagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev #MITCROADMAP2018 konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasida ushbu tizimni joriy etish orqali talabalar ayrim fanlarni mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’kidlagandi:

“Ta’limning kredit tizimi semestr davomida o‘quv haftalarining soniga ham ta’sir qiladi. 18 haftalik yarim yillikdan 15 haftalik yarim yillikga o‘tish rejalashtirilgan”, – deya ta’kidlagan u.

Bu usul  ta’lim sifatini yaxshilash, xalqaro tavsiyalarni qo‘llash asosida xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, talabalarning, xorijiy oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarning, olim-tadqiqotchilarning almashinuv dasturlarini kengaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

“Kredit tizimi o‘qituvchiga yangi ta’lim texnologiyalarini va o‘quv jarayonini tashkil etishning oqilona shakllarini egallash orqali ilmiy va pedagogik darajasini oshirish imkonini beradigan raqobat muhitini yaratadi”, deb hisoblashmoqda TATUda.

Shunday qilib, tizim talabalarga mustaqil ta’lim dasturlarini shakllantirish imkonini beradi.