Netflix kapitallashuvda birinchi marta Disneyni quvib o‘tdi

Endilikda bu xizmat dunyodagi eng qimmat media kompaniyadan biriga aylandi.
  • Netflix aksiyalari 24-may kuni 1,5 foizga o‘sdi va kompaniyaning kapitali 152 milliard dollarga yaqinlashdi, bu esa 1,6 foizga kamayadigan Disney’ning kapitalidan biroz ko‘proqdir.
  • 2018-yilning boshidan Netflix aksiyalari 81 % ga o‘sdi, Disney’niki esa bu davr mobaynida 5,5 foizga pasaydi.
  • Netfix’ning faol tarzda o‘sishi investorlarni jalb etmoqda – 2018-yilning birinchi choragida kompaniya daromadi 40 foizdan ko‘proqqa o‘sdi, deb yozmoqda Bloomberg. Disney bunga yangi onlayn-loyihalarni, masalan, ESPN sport tarmog‘i uchun striming xizmatini ishga tushirish bilan javob bermoqda.
______________________