Apple 8-marta dunyodagi eng qimmat brendga aylandi

Amerikaning Forbes dunyodagi 100 ta eng qimmat brendlar reytingini tuzdi. Uni mana 8-yilki, Apple boshqarib kelmoqda.

Jurnal Apple brendining qiymatini 182,8 mlrd dollarga baholadi, bu o‘tgan yilgidan 8 foiz ko‘proq deganidir.

Ikkinchi o‘rinni ketma-ket uchinchi yil Google band qildi. Bu safar brendni 132,1 mlrd $ ga baholashdi. Bir yil ichida bu baho 30 foizga o‘sganidan darak beradi. Kuchli uchlikka 104,9 mlrd $ qiymati bilan Microsoft yakun yasaydi bir yil ichida bu raqam 21 foizga oshgan.

Forbes talqini bo‘yicha eng qimmat brendlar o‘ntaligi:

  1. Apple — 182,8 $ mlrd, +8 % bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  2. Google — 132,1 $ mlrd, +30 % bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  3. Microsoft — 104,9 $ mlrd, +21 % bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  4. Facebook — 94,8 $ mlrd, +29 % bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  5. Amazon — 70,9 $ mlrd, +31 % заbir yil ichida brend qiymati oshgan. Coca-Cola’ni quvib o‘tib kuchli beshlikka kirgan.
  6. Coca-Cola — 57,3 $ mlrd, +2 % bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  7. Samsung — 47,6 $ mlrd, +25 % bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  8. Disney — 47,5 $ mlrd, +8 % за bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  9. Toyota — 44,7 $ mlrd, +9 % за bir yil ichida brend qiymati oshgan.
  10. AT&T — 41,9 $ mlrd, +14 % за bir yil ichida brend qiymati oshgan.

100 ta eng qimmat brendlarning umumiy qiymati bir yil ichida 10 foizga oshib 2,15 trln $ ni tashkil etdi. Top-100 talikni 7,4 mlrd $ turadiga KFC brendi tark etdi.

Forbes reytingini tayyorlashda 200 dan ortiq xalqaro brendlar o‘rganildi. Ro‘yxatga kirish uchun majburiy shart – AQSh bozorida mavjudlik edi. Shu bois Alibaba va Tencent kabi Xitoy brendlari unga kirishga muvaffaq bo‘lmadi.

Forbes brendlarni oxirgi uch yil davomidagi foydasi va kompaniyalarning turli sohalardagi daromadlari koeffitsientini o‘rgangan va shularga asoslanib tuzilgan.

______________________