Ilon Mask jurnalistlarning ishlarini ommaviy baholash uchun Pravda saytini yaratmoqchi

SpaceX rahbari va tadbirkor OAVga ishonmaydi va ular bilan juda ko‘p ziddiyatlarga duch keladi.


Jamoatchilik istalgan maqolaning haqqoniyligiga baho berishi va jurnalist, muharrir va nashriyotga ishonish mumkinligi haqida fikr qoldirish imkoniyati bo‘lgan sayt yaratmoqchiman. Uni nomida “Pravda” (Haqiqat) deb qo‘yish haqida o‘ylayapman.

Tadbirkor o‘z obunachilaridan OAVga ishonish mumkinligi bo‘yicha reytingdan iborat sayt yaratish haqida kerakmi degan savolga o‘z fikrlarini bildirishlarini so‘radi.


O‘quvchilarga OAVga ishonish mumkinligi haqidagi reytingning qizig‘i bo‘lmasa-da jurnalist, muharrir va nashriyotlarga bu holat qiziq bo‘ladi, deb taxmin qilmoqda Mask.

Pravda sayti haqida Tesla rahbarining bunday fikrga kelishiga kompaniyaga jurnalistlar tomondan tanqidiy maqolalar bilan hujumlar qilishini sabab bo‘lgan.


Haqqoniylik uchun nomzodlik qiladigan, lekin faqat yo‘lgonni yashirishga yetadiganini nashr qiluvchi yirik mediakompaniyalar ikkiyuzlamachilikdan boshqasini bilmaydilar. Mana nega jamiyat bundaylarni xurmat qilmaydi.


Muammo shundaki, jurnalistlar ko‘proq auditoriyani to‘plash va ishdan bo‘shamaslik uchun reklama topishlari kerak bo‘lgan doimiy bosim ostida bo‘ladilar. Vaziyat murakkab, chunki Tesla reklama bermaydi, lekin boshqa yirik avtomobil kompaniyalar dunyodagi eng katta reklama buyurtmachilari hisoblanadi.

Kimdir OAVni tanqid qilsa, har doim nashr “Sen o‘zingni Trampdek tutyapsan” deydi. Uni nega tanlashdi deb o‘ylaysiz? Chunki sizga boshqa hech kim ishonmaydi. Siz allaqachon barcha ishonchni yo‘qotgansiz.

Maskning jurnalistlar jamiyati bilan juda uzoq iliq bo‘lmagan tarixi bor: masalan, bir safar u BBCni Top Gear chiqqandan keyin tuxmatda ayblab sudga arz qilgandi. OAV Tesla Roadster’ni tanqid qilgandi. Bu ishda u mag‘lub bo‘lgan, shundan so‘ng New York Times’ni ham kuchsiz batareyalar haqida yozgani uchun ayovsiz tanqid qilgandi.

Ayni vaqtda, u matbuotni avtopilot ishtirokidagi avtohalokatni noto‘g‘ri yoritishi bu texnologiyani kishilar xarid qilishga qo‘rqib qolganida ayblamoqda.

Qizig‘i shundaki, yirik avto ishlab chiqaruvchilari Tesla’dan ko‘ra deyarli ming marta ko‘proq bunday “ishlab chiqarish travma”larini boshidan o‘tkazgan va millionlab o‘lim bilan tugagan avtohalokatlar kuzatilgan, lekin negadir ular haqida yozishmaydi. Biz aybsiz emasmiz, lekin toza energiyani real va kompaniyamizni yaxshilash uchun bor imkoniyatimizni ishga solmoqdamiz.

2018-yilning martida Mask Thud nomi ostidagi “gallaktikalararo mediaimperiya” tuzilmasini namoyish qilgandi.

______________________