O’zbekiston va Tojikiston hamkorlikda internetdagi terrorizmga qarshi kurashadi

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida ikki davlat Ichki ishlar vazirlarining uchrashuvi tashkil etildi, deb yozmoqda repost.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Ramazon Hamro Rahimzodalarning rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda terrorizm, ekstremizm, tranzit uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurash, tezkor axborot almashinish masalalarida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Internet tarmog‘idagi ekstremistik va terroristik tuzilmalar faoliyatiga qarshi kurashish uchun  2018-2019- yillarga mo‘ljallangan “Sof tarmoq” shartli nomi ostidagi kompleks chora-tadbirlar rejasini va majlisning yakuniy protokolini imzoladilar.

______________________