Instagram alohida foydalanuvchilarning yangiliklarini yashirish imkonini yaratdi

Instagarm’da Mute funksiyasi paydo bo‘lib, endi foydalanuvchi yangilik tasmasidan ma’lum bir obuna bo‘lgan kishisining postlarini ko‘rishni o‘chirishi mumkin. Bunda uning o‘sha foydalanuvchiga obuna bo‘lishi saqlanib qolinadi. Xabarlarini ko‘rishni o‘chirib qo‘ygan kishingiz bu haqida umuman bilmaydi, funksiyani esa istalgan paytda o‘chirish orqali yangiliklar tasmasida foydalanuvchining medialari qayta chiqishini ta’minlash mumkin.

Bu yangilanishdan ilhomlangan Racked nashri kinlarni birinchi navbatda o‘chirib qo‘yishlari haqida o‘z mulohazalarini e’lon qildi: ular juda xiralik qiladigan do‘stlar, har qadamini tarmoqqa joylovchi kishilar, shunchaki muloyimlik sifatida obuna bo‘lgan tanishlar, brendlarning akkauntlari kabilar bo‘lishi mumkin.

Foydalanuvchining xabarlarini yashirish uchun o‘ng tomondagi yuqori burchakdagi menyuni ustiga bosish, shundan keyin zaruriy funksiyani tanlash talab qilinadi: postlarni o‘chirish, story’larni yashirish va hokazo. Shuningdek, xabar va hikoyalarni foydalanuvchining belgisi ustiga biroz muddat bosib turish bilan ham o‘chirish mumkin.

Sal avval, Instagram’ning yangiliklarni o‘tkazib yuborishga yo‘l qo‘ymaydigan yangi funksiyasi yaratilgani ma’lum bo‘lgandi.

______________________