Qaysi sohalarga tashqaridan mutaxassislar yollamaslik kerak

Interlogika” kompaniyasi asoschisi Aleksey Baranov — boshqaruv uslubi tufayli tashqi ishchilar bilan ishlashga qodir bo‘lmagan tadbirkorlar haqida fikrlarini bildirdi.

Alohida vakolatlarga ega biznesdan tashqari, deyarli istalgan biznes birlashmasiga tashqaridan ishchilarni jalb etish (outsourcing) mumkin. Misol uchun, sizni savdo firmangiz bo‘lsa, sotish sizning asosiy vakolatingiz hisoblanadi. Avtomatlashtirish, IT, moliya hattoki tovarlarni saqlash va uni yetkazib berishni outsourcing’ga ishonish mumkin.

Misol uchun, uzoqqa borishga hojat yo‘q. Booking kompaniyasining asosiy vazifasi – mijozga dunyodagi istalgan joydagi mehmonxonada xonani band qilishni taklif etish imkoniyati hisoblanadi. Lekin Booking’ning ixtisoslashuvi faqat mehmonxonalar emas. Xonalar soni, tozalash, ovqatlanish – bu kompaniyaning bevosita vakolatiga kirib, xizmat uni tashqi manbalarga bergan. YandexTaxi’da taksoparklar yo‘q, Nike esa shaxsiy ishlab chiqarishiga, Delivery Club — qahvaxona va restoranlariga ega emas.

Mijozlaringiz sizni tanlashiga sabab bo‘ladigan qiymatini aniqlasangiz, undan boshqa vazifa va rollarni bemalol otsourcing’ga qoldirishingiz mumkin. Shunday qilib siz eng professional xodimlarnigina saqlab qolasiz, yangi ishchi izlashga ketadigan mablag‘ni tejaysiz. Shu o‘rinda tushunib olish kerakki, so‘z malakali outsourcing haqida ketyapti, havaskor frilanserlar haqida emas.

Biroq, kichik biznesda outsourcing’dan foydalanish tavsiya etilmaydigan ko‘plab tadbirkorlar mavjud bo‘lib, quyida ular qanday tadbirkorlar ekangini aytib beraman.

Har tomonlama ekspertlar

Bunday tadbirkor: “Men rahbar – sen esa ahmoqsan” deb o‘ylaydilar. Bunday rahbar biron-bir sohada o‘zidan ko‘ra malakali mutaxassisning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ekspertning fikri tashqi manbalarning fikrlari bilan mos tushmasa, u baxslashadi, takliflarni e’tiborsiz qoldiradi va o‘z bilganicha ish tuta boshlaydi.

Mutaxassis bilan bunday qilish imkonsiz. Ortingizdan turib va nima qilish kerakligini ko‘rsatib bo‘lmaydi: IT mutaxasissisga serverga qaysi versiyani o‘rnatish yaxshiligini, dizaynerga qaysi shriftni ishlatishni o‘rgatish qiyin.

Mutaxassisning asosiy qadrlanadigan jihati – u kompaniyaga keltiradigan bilim va tajribadan iborat. U siz uchun ishlamaydi, balki xohlasangiz natijalar uchun, portfoliosi uchun ishlaydi. Ishni sifatli qilish uchun, muammoni hal qilish uning maqsadidir. Bunday outsoursing o‘z dunyoqarashini tushuntiradi, agar sizni ishontira olmasa ishdan ketadi. Qolib barcha bilan baxslashib o‘tirmaydi.

Maqsadsiz

Bunday tadbirkorlar erishilgan natija uchun emas, balki jarayon uchun to‘laydilar. Ular mutaxassis nimaga aynan kerakligi haqida tasavvurga ega emaslar. Ular hammasini sinab ko‘rishni istaydilar, nima bo‘lishini ko‘rib shunga qarab ish qilishadi. Ish beruvchilar bilan tajriba almashish, doimo o‘zgarib borayotgan maqsadlar, o‘z yaqinini tikishdan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi

Yaxshi outsourser ishchi aniq maqsadlarga erishish ustida ishlaydi. Juda yaxshi outsourser ishchi esa sizning oldingizda qiyinchiliklar yuzaga chiqqanda avvalo maqsadlarni shakllantirishga yordam beradi. Lekin ish uchun ishlash ularga emas.

Outsourser yollashdan avval ular bilan maqsadni muhokama qilib olish kerak – ularni tor sohada emas, biznes tilida shakllantirish kerak. Masalan, gap sayt tuzilmasi haqida ketayotgan bo‘lsa, mavzuni qanday sayt tayyorlashdan emas, uning nimaga kerakligidan boshlash kerak.

Birdaniga hammasini xohlashadi

Tadbirkorlar bir lavozimda ishlashga xodimlariga izlaydilar, lekin u hamma narsani ketma-ket qilishni istaydilar. Ularga ekspert emas, barcha joyda yordam beruvchi ishchi kerak.

Bir marta o‘ziga to‘liq shtatda IT-mutaxassis qidirayotgan kompaniya bilan ishlaganmiz. Biz ITchining kun bo‘yi bu kompaniyada qiladigan ishi yo‘qligini, yaxshisi outsourser olishini rahbariyatga tavsiya qildik. Direktor esa “Nima outsourser stollarni ham tashiydimi?” deb aytgan. Ha, bahslashish befoyda.

Professional tor miqyosda vazifalarni yuqori darajada bajaradi. U bir sohaning ustasi bo‘lsa, boshqa yo‘nalishda hech nimani tushunmasligi mumkin. Undan turli yumushlarda foydalanib bo‘lmaydi, u buni rad etadi.

Kimni jalb etmoqchi ekanligingiz haqida o‘ylang: chuqur tajribaga ega mutaxassisnimi yoki turli tomonga yo‘rg‘alovchinimi?

***

Kichik biznesda har kun eng yaxshi mutaxassislarni topib bo‘lmaydi. Ko‘pincha tadbirkorlar xodimlarga mablag‘ni tejash va bir paytning o‘zida ko‘p ishni qiluvchi xodimni topishga intiladilar, lekin uzoq muddatli istiqbolda bu usul kompaniyaning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etadi va katta zararlarni keltirib chiqaradi.

Boshqa kompaniyalar esa aksincha, o‘sishadi va ko‘p hollarda bu ekspert outsourserlar bilan bog‘liqdir.

______________________