2019-yil yanvariga qadar mintaqada sayyohlik marshrutlarini ko‘rsatadigan va virtual ekskursiyalar uyushtiradigan alohida sayt tayyor bo‘ladi.

2018-2019-yillar mobaynida saytlarda reklama bannerlari joylashtiriladi, “Chorvoq”ning Wikipediya’da muntazam yangilanib turadigan sahifasi tuziladi, uzbekistan.travel va boshqa saytlarda ham u haqda ma’lumotlar berib boriladi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ham sahifa yaratiladi. Google Maps xizmatida barcha “Chorvoq”dagi barcha obyektlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida sayyohlik hududini xorijiy mamlakatlarda mashhur qilish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, O‘zbekistonda, mahalliy o‘simlik va hayvonot dunyosi tasviri tushirilgan esdalik sovg‘alar (taqvim, bloknot, ruchka va boshqalar) ni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Bularning barchasi chet ellik sayyohlar sonini 2017-yilgi 72 mingdan 2021-yilda taxminan 150 mingtaga oshirishi kutilmoqda.