2030-yilga borib O‘zbekistonda qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish belgilangan

2015-yilning sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo boshqa davlatlar bilan bir qatorda 2030-yilgacha bo‘lgan Global kun tartibiga, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shilgan. Maxsus tuzilgan Muvofiqlashtiruvchi kengashda global maqsadlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish va barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalarini ishlab chiqish bo‘yicha ish olib borildi.

Qaror loyihasida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi 17 ta milliy maqsad va vazifani tasdiqlashni taklif qilingan. Birinchi o‘rindagi maqsad — mamlakatda qashshoqlikni qisqartirish. Asosiy vazifalardan biri 2030-yilga qadar qashshoqlik darajasini ikki barobar kamaytirishdan iborat.

17 ta milliy maqsad va vazifalar tarkibiga shuningdek quyidagilar kiradi:

— oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash va qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini rag‘batlantirish;

— sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikni oshirish;

— inklyuziv va sifatli ta’limni ta’minlash, har bir kishining butun hayoti davomida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;

— gender tengligini ta’minlash hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;

— barqaror rivojlanish uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularning barchasi uchun sanitariya sharoiti rivojlanishini ta’minlash;

— har bir kishi uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanishni ta’minlash.

______________________