Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Saytda qoida buzilgan holatlarni rasm va videoga olib joylashtirish mumkin. Xuddi shu yerning o‘zida, har bir holat bo‘yicha mas’ul organlarning tezkor tarzda munosabat bildirish mexanizmi joriy etiladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining saytida barcha qanday axlat yig‘ish punktlari, aholi soni va boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi elektron xarita tashkil qilinadi. Buning barchasi uydan chiqindilarni olib ketish bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar hmda jamoatchilikni nazorati uchun zarur.