Muvaffaqiyatli IPO natijasida Xiaomi’ning 56 xodimi millionerga aylanadi

2018-yilda Xiaomi smartfonlar ishlab chiqaruvchisi 70-80 mlrd $ mablag‘ bilan birjaga chiqishni niyat qilgan. Agar IPO (Dastlabki ommaviy taklif) muvaffaqiyatli o‘tsa, kompaniyani 8 yil avval moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan 56 nafar xodim millionerga aylanadi, deb yozmoqda Bloomberg.

2010-yilning oxiri va 2011-yilning boshida Xiaomi hali smartfonlar ishlab chiqarmagan paytda kompaniya 250 mln $ hajmidagi investitsiyalarni jalb etgan. Kompaniya investorlari orasidagi 11 mln $ mablag‘ kiritgan 56 nafar xodimlar tarkibiga Xiaomi asoschisi Ley Szyun ham bo‘lgan. Ularning ba’zilari kapitalining bir qismini, boshqalari esa o‘zlarining butun jamg‘armasini tikishgan.

Xiaomi uchun operatsion tizim yaratgan dasturchilaridan biri Li Veysin investitsion raundda ishtirok etmoqchi bo‘lgan birinchilardan edi. U taxminan 79 ming dollar sarmoya kiritgan. Bu ish o‘sha paytda uning uy ololmay qolishiga sabab bo‘lgan. Shundan keyin Xiaomi rahbariyati barcha istovchilarning pul tikishlari mumkinligini e’lon qilgandi.

“Katta qiziqish oqimi” yuzaga kelgach, kompaniya rahbariyati sarmoya miqdorini eng kamida 47 ming $ etib beelgilab qo‘ydi, ular o‘z xodimlarining kompaniyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida qarzlarga ko‘milib ketishini istashmagan. Xiaomi kompaniyaning barcha investor xodimlari ro‘yxati haqida ma’lumot berishdan voz kechgan.

Bloomberg’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Xiaomi birjaga 100 mlrd $ miqdor bilan chiqsa, sarmoyador xodimlarning umumiy ulushi deyarli 3 mlrd dollarga baholanadi. Konservativ baholarga ko‘ra, kompaniya 50 mlrd $ bilan chiqqnda xodimlar ulushi 1,4 mlrd $ ga yetadi. O‘rta hisobda 56 xodimlarning har biri birjaga chiqish natijasida 36 mln $ da mablag‘ olishlari mumkin.

Hisob-kitoblar bu xodimlar 2010-yildan beri o’z aksiyalarini sotmaganliklarini taxmin qilmoqda va bunda ish vaqtida ular olishlari mumkin bo‘lgan daromadlar hisobga olinmagan. Bloomberg Szyun va kompaniyaning boshqa asoschilari tomonidan kiritilgan mablag‘lar investitsiyaning katta katta qismini tashkil etishini ta’kidlamoqda. Bu esa ularning ulushi boshqa investorlar-xodimlarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishini anglatadi.

______________________