Amazon ilk bor Fortune talqinida bo‘yicha eng ko‘p foyda oluvchi kompaniyalar o‘ntaligida

Fortune jurnali AQSh kompaniyalari ichida eng ko‘p daromad oladiganlarining reytingini e’lon qildi. Unda 6 yildan buyon yetakchilikni bermay kelayotgan Walmart yana birinchi pog‘onada. 2017-yilda bu riteyler savdosi 500 mlrd $ ni tashkil etgan.

Chakana savdoda Walmart’ning raqobatchisi bo‘lgan Amazon ilk bora reytingning top o‘ntaligiga kirdi. Bir yil ichida 12-o‘rindan 8-pog‘onaga chiqib olgan kompaniya o‘tgan yili daromadini 177,8 mlrd $ ga oshirgan.

Ro‘yxatning yetakchi uchligiga shuningdek, 244,4 mlrd $ foyda bilan Exxon Mobil neft kompaniyasi va 242,1 mlrd $ ni tashkil etgan Uorren Baffetning Berkshire Hathaway investitsiya guruhi kirgan.

Apple Top-3 likdan 229,2 mlrd $ daromadi bilan 4-o‘ringa tushib qoldi. iPhone ishlab chiqaruvchisi Fortune ro‘yxatidagi eng qimmat va nufuzli kompaniyalaridan biri. Uning umumiy kapitali 850 mlrd dollarga baholangan.

O‘tgan yilgi ro‘yhatning debyutanti Tesla eng katta siljishni amalga oshirdi. Bir yil ichida u 260-o‘rindan 123-pozitsiyaga ko‘tarilib oldi. Fortune’ning baholashicha uning yillik daromadi 11,8 mlrd dollardan iborat. Undan keyin Netflix o‘zining 11,7 mlrd $ daromadi bilan reytingni band qilgan.

Fortune 500 reytingi 1955-yildan buyon har yili tuziladi. Har yil 53 ta kompaniya bu ro‘yxatga kirsa-da, ulardan faqat 3 tasi reytingni boshqarib kelishmoqda: Walmart, Exxon Mobil va Berkshire Hathaway.

Fortune 500’ning barcha qatnashchilarining yillik tushumi 12,8 trln $ ni tashkil qildi. Bu AQSh YaIMning uchdan ikki qismi deganidir. Ularning birgalikdagi savdo qiymati 21 trln $ ga teng. Mazkur tashkilotlarga butun dunyo bo‘ylab 28,2 mln xodimlar faoliyat ko‘rsatishadi.

______________________