Adidas digital ko‘rinishga o‘tib oflayn do‘konlarini yopadi

adidas Originals brendi o‘z oflayn do‘konlarini yopishga, riteylerlar bilan hamkorlik shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va bor kuchini onlayn ko‘rinishga qaratishini ma’lum qildi. Brend elektron tijorat yo‘lini tanlashiga savdo bilan bo‘gliq barcha jarayonlarni nazorat qilishga bo‘lgan umidi sabab bo‘ldi. O‘zgarishlarni sifatli tarzda amalga oshirish uchun chakana savdo tarmog‘i reklamachilari va internet marketologlari adidas Originals raqamli strategiyasi ustida bir jamoa bo‘lib birlashdilar. Bunday yondashuv iste’molchilarga yanada samaraliroq xizmat ko‘rsatish imkonini berishi ta’kidlanmoqda.

“Biz ko‘plab tadqiqotlarga sarmoya kiritamiz, lekin uditoriyamizga yanada yaqinroq bo‘lish uchun ko‘prog‘ini qilishga ham tayyormiz”.

Digital ko‘rinishga o‘tish g‘oyasiga to‘satdan kelinmagan: noyabrda adidas 8 ta mamlakatdan 1,5 mln nafarga yaqin kishi o‘rnatib olgan ilovani ishga tushirdi. Tadqiqotga binoan, iste’molchi uchun saytdan xaridni amalga oshirgandan ko‘ra ilovadan sotib olgan qulayroq. Hozirda adidas Originals marketologlari o‘z tarmoqlari uchun alohida iloha yaratish kerakmi-yo‘qmi shuxususda o‘ylashmoqda, chunki bu shunchaki shopping uchun platforma emas, balki bloglar, trendlar, video va yangiliklar brendlari bilan qo‘shilish demakdir.

Shuningdek, brend o‘z hamfikrlari bilan reklama kampaniyalari uchun AR texnologiyalaridan ham foydalanadi. Masalan, bloggerlarga QR-kodli oyoq kiyimi yuborib uni obunachilar bilan bo‘lishi kerak edi. Kod yordamida obunachilar xaridlar saytida cheklangan kolleksiyani to‘liq ko‘rishlari mumkin bo‘lgan.

Sal avval adidas televizion reklamadan voz kechgandi. O‘shanda brend 2020-yilgacha to‘la raqamli tizimga o‘tishini e’lon qilgan va bu strategiya hozircha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

______________________