O‘zbekistonda bu amaliyot hozirda muammoli bo‘lib qolmoqda, chunki operatorni o‘zgartirganda abonent telefon raqamini o‘zgartirishi kerak bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, mobil telefon raqami orqali mijozni masofadan aniqlash uchun 2018-yilning oxirigacha boshqa mobil aloqa operatorga o‘tishda uyali aloqa abonenti o‘z telefon raqamini saqlashi tartibga solinadi.

2019-yilning 1-oktabrigacha Mobile-ID’ni qo‘llash orqali foydalanuvchilarni identifikatsiyalash tizimi ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, tizim aholini aniqlashda mavjud pasport, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va mamlakat ichkarisidagi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (haydovchilik guvohnomasidan tashqari) ID-kartalar bilan almashtirishni ham ko‘zda tutadi.

Bu karta har bir fuqaroni aniqlovchi alohida raqamdan iborat bo‘lib, uning shaxsiy ma’lumotlari davlat xizmatlaridan foydalanishdagi shaxsiyatni aniqlash zaruriyatida foydalaniladi. 1-noyabrgacha loyiha Toshkentda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga sinov rejimida ishga tushadi.