Xiaomi qanday qilib arzon narxlari bilan foyda olmoqda

Smartfonlar ishlab chiqaruvchisi aksiyalarini taklif qilishni rejalashtirmoqda va bu butun yil davomida fond birjasidagi eng muhim chiqishlardan biri bo‘lishi kutilmoqda – Xiaomi’ni 100 milliard dollarga baholashlari mumkin.

Smartfonlar bozoridagi qattiq raqobat sharoitlari sabab uning rivojlanishi uchun sharoit unchalik ham yengil emas. BlackBerry va Nokia kabi mobil gigantlarni bugun hech kim eslamaydi, biroq Xitoyning Xiaomi’si katta yo‘qotishlarga qaramay o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bundan tashqari, kompaniya aksiyalarini sotuvga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda, bu esa butun bir yil davomidagi birjaga chiqishning eng yirik voqealaridan bo‘ladi.

Xiaomi kompaniyasiga 2010-yilda tadbirkor Ley Dzyun asos solgan bo‘lib, o‘sha paytning o‘zida u biznesning turli sohalarida boy tajribaga ega edi. Xiaomi eng avvalo, o‘zining zamonaviy dizayn va hamyonbop narxlarga ega smartfonlari bilan mashhur, shu bilan birga u onlayn xizmatlar va uy uchun maishiy texnikalar kabi aqlli elektron qurilmalarni ham taklif etadi.

International Data Corporation konsalting firmasining ma’lumotlariga ko‘ra kompaniya 2017-yilning 4-choragida 2016-yildagi ilk muvaffaqiyatsiz savdodan keyin o‘zini tiklab, 28,1 mln tovar sotilishi bilan smartfonlar olamidagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylangan. Endilikda, Gonkongdagi fond bozoridagi o‘zgarishlardan keyin Xiaomi mahalliy birjaga aksiyalarini joylashtirdi. Kompaniya biror rasmiy raqamlarni e’lon qilmagan bo‘lsa-da kapital miqdori 80 mlrd $ dan 100 mlrd $ gacha bo‘lishi kutilmoqda, Ley esa bu orqali Xitoyning eng badavlat kishisiga aylanishi yuz beradi. Tahlilchilar Xiaomi’ning bu ko‘rsatkichga yetishish ehtimoli yuqori ekanligini ta’kidlashmoqda.

Ro‘yxat bo‘yicha sotuvlar

Ley biznes modelni to‘liq ko‘rib chiqishi oqibatida ilojsiz narsalar imkoni yaratildi. Xiaomi smartfonlarning internet orqali sotuvi bilan qisqa muddatlarda ko‘plab foydalanuvchilarni qamrab oldi. 2014-yilda sarmoyalash davomida Xitoy kompaniyasini 46 mlrd $ ga baholashgan, bu o‘sha paytda xususiy kompaniyalar ichida dunyoda eng katta ko‘rsatkich edi. Biroq omad doimiy bo‘lmadi: mahalliy raqobatchilar tez orada internet orqali smartfonlar sotuvini yo‘lga qo‘yishni o‘rganib oldilar, Xiaomi’ning esa logistika muammolari bilan kurashishga to‘g‘ri keldi. Bir yil avval “xitoylik Apple”ning smartfonlar sotuvi 30 foizga tushib ketib, Huawei va OPPO’dan ortda qoldi.

Ayni paytda, foydalanuvchilarni nafaqat internet orqali jalb qilish, balki kompaniya texnologiyalarni yaxshi bilmagan kishilar kelishi mumkin bo‘lgan oflayn-do‘konlaini ochmoqda. 2019-yilgacha butun dunyo bo‘lab 2000 ta ana shunday do‘konlar ochilishi kutilmoqda. Bunday nuqtalarda Xiaomi’ning mahsulotlaridan tashqari uning hamkorlaridan ham (masalan, Nyu-Yorkdagi Huami) qurilmalar xarid qilish mumkin.

Canalys tahliliy agentligining bozor tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi direktori Nikol Pen Xiaomi logistikasini ham mukammallashtirayotganini ta’kidlaydi: bugun u Qualcomm kompyuter chiplari ishlab chiqaruvchisi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Xitoy kompaniyasi eng so‘nggi modeldagi chiplardan, masalan, Snapdragon 845’dan foydalanadi. 

Yaqin kelajak ko‘plab qiziqarli narsalarni va’da qilmoqda. Shu yilning birinchi choragida ko‘rsatkichlar 37 % o‘sib 12 mln dona qurilmalar sotilgan. Tahlilchilar ko‘p kishilar eski qurilmalarni topshirish evaziga yangilariga ega bo‘lishga ko‘proq ahamiyat berishayotganini aytishmoqda. Gartner tahliliy firmasining bozorni o‘rganish bo‘yicha rahbari Si-Key Lu “Xiaomi biznesning asosiy yo‘nalishlaridagi muammolarni hal etgan. Taraqqiyot maqsadi ayni vaqtda har doimgidan-da kuchli” deydi.

Global bozorga chiqish

Kompaniyaning xorij bozorlaridagi o‘sishlari yanada ko‘proq quvontiradi. Hindistonda tovarlarini yetkazib berish bo‘yicha Xiaomi hattoki Samsung’ni ham quvib o‘tgan. Bundan tashqari, Rossiya, Indoneziya, Ispaniya bozorlarida ham Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchisining salmog‘i katta.

Bugungi kunda Xiaomi xorij mamlakatlarida ham internet orqali, ham oflayn ko‘rinishda o‘z mahsulotlarini sotmoqda. Ko‘plab foydalanuvchilar smartfonni darrov sotib olishdan avval uni ishlatib, funksiyalarini tekshirib ko‘rishni afzal bilishadi.

Gartner agentligidan Lu “Xiaomi qurilmalar ta’minoti bozorida muvaffaqiyatli, lekin endilikda kompaniya internet xizmatlar asosida ekotizim yaratishni maqsad qilgan. Lekin bungacha uzoq yo‘lni bosib o‘tish kerak, hozircha esa u uchun daromadining asosiy manbai elektron qurilmalar bo‘lib qoladi”.

______________________