Dunyodagi eng yirik venchur investitsiya kompaniyalar 30 taligi

Accounts. Golden coins in soil with young plant isolated. Money growth

Pitchbook tahliliy xizmati venchur sarmoyalar bilan shug‘ullanadigan dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalar reytingini e’lon qildi. 30 ta liderlardan faqat 4 tasining shtab-kvartirasigina Xitoy yoki AQShda joylashmagan.

Reytingning top-10 taligi:

  1. Uber taksi xizmati, AQSh. Mablag‘i 69,6 mlrd $.
  2. Didi taksi xizmati, Xitoy. Mablag‘i 56 mlrd $.
  3. Airbnb uy-joy ijarasi xizmati, AQSh. Mablag‘i 31 mlrd $.
  4. Meituan-Dianping marketpleys onlayn xizmati, Xitoy. Mablag‘i 30 mlrd $.
  5. SpaceX kosmik kompaniyasi, AQSh. Mablag‘i 24,7 mlrd $.
  6. WeWork kovorkinlar tarmog‘i, AQSh. Mablag‘i 21,1 mlrd $.
  7. Palantir ma’lumotlar tahlili uchun dasturiy ta’minot tuzuvchisi, AQSh. Mablag‘i 20,5 mlrd $.
  8. Toutiao yangiliklar xizmati, Xitoy. Mablag‘i 20 mlrd $.
  9. Pinduoduo jamoaviy xaridlar xizmati, Shanhay. Mablag‘i 15 mlrd $.
  10. Pinterest ijtimoiy tarmog‘i, AQSh. Mablag‘i 12,3 mlrd $.

Reytingdagi AQSh va Xitoydan boshqa davlatlardagi kompaniyalar quyidagicha: Hindistondagi Paytm to‘lov xizmati (10 mlrd $), Singapurdagi Grab taksi xizmati (6 mlrd $), Indoneziyadan Go-Jek logistika xizmati (5 mlrd $) va Koreyadan Coupang savdo maydoni (5 mlrd $) kabilardan iborat.

______________________