Kompaniyaga iqtidorli xodimlarni nima bilan jalb qilish mumkin?

Kerakli kadrlarni jalb etish muammosini hamma o‘zicha hal etishga intiladi. Nokia bu bo‘yicha o‘z ijtimoiy tarmog‘ini joriy etgan bo‘lsa, IKEA bo‘sh ish o‘rinlarini tez-tez sotiladigan tovarlari orqali yopmoqda.

XX asrning oxiridagi demografik tanglik, bozorda yangi ish beruvchilarning paydo bo‘lishi, yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi va yosh avlodning ongini shakllantirishga intilish malakali mutaxassislar yetishmasligi va ish beruvchilar o‘rtasida jiddiy raqobatni keltirib chiqardi. Zamonaviy kompaniyalar eng yaxshi aql sohiblari uchun kurashdilar: ba’zilar maxsus agentliklarga murojaat qilsa, boshqalari trendda qolib, ish qidiruvchilarning maydonidan chiqib ketmaslikka harakat qildilar. Uchinchi guruh vakillari esa brendni o‘z kuchlari bilan qurishga kirishdilar. Agar ish berish bo‘yicha agentlikka murojaat qilish imkoni bo‘lmasa va mutaxassislarni qidirishga hech kim qarshilik qilmasa nima qilish kerak? Plakatlar ilish, broshyuralar tarqatish, treninglar o‘tkazish yoki umuman hech nima qilmaslik yaxshimi?

Maqsadli auditoriya nimani xohlaydi?

Har qanday kreativlikdan avval maqsadli auditoriyangiz haqida o‘ylang, mijozlarning xohishlarini, odatlarini, qiziqish va muhitlarini e’tiborga oling. Facebook’da belgilab post qo‘yish yoki Telegram’dagi kvest juda ortiqcha, yaxshisi qo‘llanma-broshyurasini chiqarib unda kompaniya haqida gapirib bergan yaxshi deb o‘ylaysizmi? Ha, broshyura samarali, faqatgina sizning maqsadli auditoriyangiz 40 yoshdan oshgan bo‘lsa. Yosh mutaxasislar allaqachon digital-muhitda yashashadi va ishni ham aynan shu yerdan qidirishadi. Shu sabab kompaniyangiz haqida guruhlarda PR-maqolalar yozing, unga rasmlar qo‘shing va bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha e’loningizni ham kiritib qo‘ying. Siz shunchaki ishingizni sotmang, balki auditoriya bilan emotsional aloqa o‘rnating. Sizni xabaringizni ko‘rgan ishchi jamoangiz tarkibiga aylanishni istasin.

HR’dagi trendlar

Ular bor, trendlarni kuzatib borgan yaxshi, yaratish esa yanayam yaxshi. Catalyst’ning so‘rovlariga ko‘ra, 2017-yilda 65 % mobil internet trafigi nomzodlarning ish qidirishiga ketgani ma’lum bo‘ldi. 89 % ish qidiruvchilar mobil qurilmalar ish qidirishdagi asosiy vositalardan biri deb biladilar. Bundan kelib chiqib tashkilotingizning saytini mobil ko‘rinishga moslashtiring, mutaxassis e’lonlarni osonlik bilan o‘qishi, o‘z rezyumesini qiynalmasdan unga javob tariqasida yuborishi mumkin bo‘lsin. Kompaniyangiz IT, telekom yoki texnik qurilmalar bilan shug‘ullanadigan bo‘lib saytingiz telefondan ochilganda talabga javob bermasa, ziyrak kishi bunday tashkilotga murojaat ham qilib o‘tirmaydi.

Raqobatchilaringizdan nima sizni ajratib turadi? Albatta, xodimlar. Aynan ular iqtidorlilar uchun kurashda sizning sirli qurolingizdir. Odatiy muvaffaqiyat tarixini yozib uni saytga qo‘yish shartmas. Xodimlarni passiv kuzatuvchi emas, balki faol jarayon ishtirokchilariga aylantiring. Ish qidiruvchilar shaxsiylashgan kontentga odatdagidan ko‘ra ko‘proq qiziqadilar. Masalan, Nokia kompaniyasi shu maqsadda o‘zining shaxsiy Socialist ijtimoiy tarmog‘ini yaratgan bo‘lib, kompaniya ishchilari va stajorlar ish va shaxsiy hayotlari haqida unda yozib qoldirishlari mumkin. Bundan tashqari Nokia’da Agora nomli platforma bo‘lib, u brend nomi keltirilgan har bir xabarni yig‘adi. Bu esa kompaniya xodimlari va nomzodlarning o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashda yordam beradi.

Yuqori texnologiyalar shu yerda

yuzlab kompaniyalar ish qidiruvchilarni izlash va xodimlarni yollash uchun sun’iy intellekt, virtual reallik va boshqa zamonaviy qurilmalardan foydalanmoqdalar. Yangi texnologiyalarni kuzatish yil sayin osonlashib bormoqda.

Agar press-xabarlar va qo‘llanmalar o‘z kompaniyangiz haqida to‘la ma’lumot berishga yettadi desangiz, g‘oya haqida o‘ylang. U doim bo‘lishi kerak. Ish qidiruvchi ilk soniyalardanoq, kompaniya nima haqida gapirmoqchi ekanligini tushunishi, bu yerda ishlab nimalarga ega bo‘lishi mumkinligini bilishi kerak. 10 soniya ichida kompaniyaning barcha afzalliklari to‘g‘risida gapirib o‘tirgandan ko‘ra, uch yil ichida bu yerda direktor bo‘lib mumkinligi haqida oddiy va tushunarli qilib aytib bergan afzalroq.

______________________