Bosh vazir Toshkentda nemis sanoat zonasini tuzishni taklif qildi

“Yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘yicha Germaniya kompaniyalariga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Toshkentdagi 16 gektar hududdan ko‘proq maydonni egallagan “Algoritm” ishlab chiqarish kompleksi bazasida maxsus nemis sanoat hududini yaratishni taklif qilamiz. Bunda boshqaruvni nemis kompaniyalaridan biriga topshirishga tayyormiz”, – deya ta’kidladi Aripov.

Bizning mamlakatimiz ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda. German kompaniyalari bilan birgalikda ishlashga va bu davlat biznesini mamlakatimizga jalb etishga qiziqish katta. Ular yirik va o‘rta loyihalar, qo‘shma tadbirkorlik va hamkorlikdagi boshqa mexanizmlar bo‘lishi mumkin.

“Biz respublikaning turli hududlari bilan ham faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyormiz. Bu bo‘yicha sarmoyadorlar 10 yilgacha vaqt davomida turli soliqlardan ozod qilinadigan 14 ta erkin iqtisodiy hududlarni yaratishlari, shuningdek, investitsiya kiritish hamda yangi ish o‘rinlari tashkish etish evaziga hukumat tomonidan 80 dan ortiq kichik sanoat hududlarini boshqarish, rivojlantirish uchun bepul taqdim etishga ham tayyormiz”, – dedi Abdulla Aripov.

______________________