Rivojlanayotgan va tez o‘suvchi ekotizim startaplari o‘rtasidagi eng yirik musobaqalardan bo‘lgan Seedstars World O‘zbekistondagi finalchilar bo‘yicha salalashni yakuniga yetkazdi.

Spot nashrining xabariga ko‘ra, 18-may kuni 11 nafar finalchilar Toshkentdagi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Press-klubida hakamlar hay’atining xalqaro majlis oldidan o‘z loyihalarini namoyish etishadi.

Loyiha ishtirokchilari:

  • Anooor: bayram safarlarida bron qilishning onlayn xizmati;
  • BILLZ: biznes riteylining rivoji va boshqaruvi uchun oflayn hamda onlayn dastur;
  • Event Tech Solution: tadbirlarga chipta xarid qilish va ularni yuritish bo‘yicha onlayn platforma;
  • Express24: mobil qurilma orqali ovqat yetkazib berish xizmati;
  • LeBazar: mahalliy supermarketlardan mahsulotlar yetkazib beruvchi onlayn do‘kon;
  • Manzil: birgalikdagi sayohatlar uchun mobil ilova (car sharing);
  • Oylik Uz: yirik kompaniya xodimlari uchun maosh va qo‘shimcha mukofot pullari haqida to‘liq ma’lumot beish xizmati;
  • Pollo: tijoriy ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish uchun mobil ilova;
  • TezMed: tez yordam xizmatini chaqirish va kasalxonalar topish bo‘yicha mobil ilova;
  • TSDI: tibbiy ma’lumotlar bazasi asosida strategik tahlil va tashxis qo‘yish tizimi;
  • WiseCo: kontent yaratuvchilari va mashhur shaxslar o‘rtasida videomateriallar hamda ishlanmalarni almashinish imkonini beruvchi platforma.

Startaplar Abdulahad Qo‘chqorov (Ground Zero direktori), Vyacheslav Kan (Torg.Uz/OLX Uzbekistan asoschisi), Anvar Erchayev (Orient Capital Management direktori) va Alina Rozanova (Markaziy-Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi Seedstars menedjeri) lardan iborat hakamlar hay’ati oldida chiqish qilishadi.

SeedStars Tashkent uchun startaplarning namoyishidan tashqari “O‘zbekistonda innovatsiyalarni rivojlantirish uchun qanday qilib davlat va xususiy sektor hamkorlikda ishlashi mumkin” mavzusida muloqot munokarasi ham tashkil etiladi.

Tadbir Ground Zero kovorking markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan yirik hududiy homiy – Shveysariyaninig O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek Mobile Zone, Orient Finans Bank, Nestle kompaniyalari ko‘magida tashkil etilmoqda.

Tinglovchi sifatida qatnashish va tadbirkorlar, investorlar ishtirokidagi tadbirda qatnashish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Seedstars World — rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida startaplar bellashuvi bo‘lib, yakuniy konferensiya Shveysariyada bo‘lib o‘tadi. Loyihaning asosiy maqsadi – ishsizlikni qisqartirish va tadbirkorlikka sarmoyalash orqali o‘suvchi sohalarni rivojlantirishdan iborat.