O‘zbekiston va Janubiy Koreya to‘qimachilik texnoparki qurilishini tezlashtiradi

Spot.uz “O‘zto‘qimachiliksanoat” Assotsiatsiyasining axborot xizmati bergan xabarga asosan O‘zbekiston va Janubiy Koreya birgalikdagi to‘qimachilik texnoparki qurilishini tezlashtirishi haqida yozmoqda.

May o‘yining boshida Toshkentda tarkibiga Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH)dan, Ilkwang construction va Urban Architechture kompaniyasidan vakillar kirgan janubiy koreyalik delegatsiya ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan ilmiy-tadqiqot to‘qimachilik texnoparkining qurilishini tezlashtirish va uning ishini tashkil etishni ham muhokama qilingan. Bino energiya tejuvchi texnologiyalar yordamida qurilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, belgilangan muddatda obyektni ishga tushirish uchun tezlashtirilgan ishlar tartibini tayyorlash bo‘yicha tomonlar kelishib oldilar.

Sal avval, Janubiy Koreya hukumati tomonidan 15 mln dollar hajmda moliyalashtirilayotgan loyiha 2018-yilning sentabridan ish boshlashi haqida xabar berilgandi. Bu yerda talabalar, yosh olimlar o‘qitilishi bilan birga davlat va xalqaro tadqiqot dasturlari ham o‘tkaziladi.

______________________