Nega biznesingiz xodimlarni ushlab qola olmayapti?

 Kompaniyada xodimlar almashinuvi – odatiy hol. Har qanday biznes “qon almashtirib turish”ga muhtoj. Eng muhimi esa kadrlar almashinuvi biznesning unumdorligiga salbiy ta’sir etmasligi va bu uchun zaruriy choralarni ko‘rib qo‘yish kerak. Chunki yaxshi kadrni izlab topishning o‘ziga ham kamida uning oylik maoshini ketkazasiz.

Shundan keyin yangi xodim, jamoaga ko‘nikishi, jarayonlarni to‘liq o‘zlashtirib olib to‘liq kuchda ishlashi uchun ham 3-4 oy vaqt ketadi. Natijada uning kompaniyaga to‘la moslashishi uchun yaxshi ishchining deyarli 5 oyda keltiradigan daromadidan ayrilasiz. Bunday xarajatlarni qisqartirish, xodimlarning kompaniyangizda ko‘proq qolishi uchun nima qilish zarur? Nega ishchilar sizning kompaniyangizdan ketib qolishadi?

Birinchi sabab. Siz kerakli insonlarni tanlamaysiz

Xodim o‘zinining kasbiy malakalariga to‘la mos kelishi kerak. Chakana savdo va bir xil ishlab chiqarishdagi faoliyat xodimlarning tezda ishdan charchatadi va ular bunga qarshi kurashishdan to‘xtaydilar. Agar bu sabab siz uchun begona bo‘lmas kadrlar bilan ishlovchi bo‘limdagilar o‘z vazifasini yaxshi uddalay olmayotganliklarni ko‘rish mumkin. Ishga olishdagi suhbatda noodatiy usullardan foydalaning. Masalan, “Texnikol” nomzodlarni monitor qarshisiga o‘tkazib ishlab chiqarish jarayonlaridagi boshqaruv tizimini kuzatishni so‘raydi.

Qanchadir vaqtdan so‘ng tizim ishlamay qoladi va nomzod ko‘rsatkichlar qaysida to‘xtab qolganini aytishlari kerak. Bu usul bilan uning reaksiyalarga tezligi, diqqatliligini tekshirish mumkin. 2016-yilda Rostov-na-Donuda ishga kelgan 500 kishidan faqat 70 nafari kompaniyaga qabul qilingan. Natijada keyinchalik ulardan bor-yo‘g‘i 5 tasi ishdan bo‘shab ketgan. Bu usuldan kompaniyaning boshqa nuqtalarida ham foydalanishni boshlashgan.

Ikkinchi sabab. Siz og‘zaki tavsiyalardan foydalanmaysiz

G’olibona taktikalar – ichki nomzodlar bilan vakansiyani yopish. Bu birdaniga ikki quyonni o‘ldirishga imkon beradi: bo‘lg‘usi xodimlarni izlash va tanlashga ketadigan xarajatlarni qisqartirasiz va karyera pillapoyasini shakllantirasiz. Agar sizning kadrlar zaxirangiz katta bo‘lmasa, “yarim tashqi” xodimlarni jalb etishingiz mumkin. “YuniKredit Bank”da shunday qilishadi: xodimlar o‘zlari mavjud vakansiyaga mos keluvchi kishilarni tavsiya qilishlari mumkin. Bular sobiq hamkasblari, do‘stlari bo‘lishi mumkin. Agar jarayon muvaffaqiyatli tugasa, taklif bergan kishi ham rag‘batlantirish olishi mumkin. Tavsiyalar dasturini 3 yil avval bankka joriy etishgandi. natijada ishdan bo‘shab ketish darajasi 22 % dan 15 % ga tushishiga erishildi.

Uchinchi sabab. Siz xodimlarning qulayliklari haqida o‘ylamaysiz.

Kompaniyangiz xodimga taqdim etishi mumkin bo‘lgan eng katta qulaylik – ishxonaning uyga yaqin joylashuvidir. Bugungi kunda kompaniyalar ommaviy tarzda xodimlarni yo‘llash uchun geotargeting’dan foydalanmoqdalar. Misol uchun Rossiyadagi “A’lochilar” chat boti ish qidiruvchining uyiga yaqin joydan ish qidirishga ixtisoslashgan. Shunga o‘xshash imkon qadar yaqinroq joyda yashaydigan ishchilarni qidiring.

To‘rtinchi sabab. Sizning moliyaviy motivatsiyangiz ish muddatingizga bog‘liq emas.

Kishi qancha ko‘p ishlasa, uning oladigan moliyaviy rag‘ati ham shuncha ko‘p bo‘ladi. G‘arb kompaniyalarining motivatsiyalash strategik tizimi ishchilarni ishonchini oshirishga ham xizmat qiladi. Masalan, IKEA’da “Rahmat!” pensiya dasturi amal qiladi. Har bir ishlangan yil uchun xodimga ma’lum miqdorda jamg‘armasiga pul yig‘iladi, kompaniyada 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgach esa uning hisobi nodavlat pensiya fondiga o‘tkaziladi. Keyinchalik bu mablag‘ har yili fondga o‘tib turadi.

Beshinchi sabab. Siz xodimlarni nomoliyaviy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlab turmaysiz

Qiziqarli kasbiy vazifalar, hamkasblar bilan yaxshi munosabatlar, “majburiyatisiz” jamoaviy tashabbuslarning barchasi xodimni imkon qadar uzoq vaqt davomida ushlab turishning eng yaxshi usullaridir. Ularsiz biznesingizda muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Misol uchun Mars kompaniyasida xodimlar o‘zlari bilan uy hayvonlarini keltirishlari mumkin bo‘lgan qoida joriy etilgan. Kompaniyaning ichki tadqiqotlariga ko‘ra, 60 foiz ishchilar (18-35 yosh oralig‘idagi) ofisda uy hayvonlarini keltirishganda ko‘proq ishlashni xohlashlarini aniqlangan. Samara viloyatidagi “Yashil uy” kompaniyasi esa xodimlarning ishdan ketib qolishlarini ish joyida tozalikka qay’iy amal qilinishi sabab qisqartirishga erishishgan.

______________________