Bloomberg: Amazon onlayn reklama bozorida Google raqibiga aylanadi

Amazon o‘z sotuvchilariga boshqa saytlarda ham reklama joylashtirish imkonini beruvchi qurilmani sinovdan o‘tkazmoqda. Sinovda kompaniyaning tanlangan hamkorlari ishtirok etyapti deb yozmoqda Bloomberg manbasi.

Kompaniya sotuvchilariga boshqa sayt va ilovalarda reklama e’lonlarini joylashtirib qamrovini kengaytirishni maqsad qilgan. Tizim Amazon foydalanuvchilariga turli mahsulotlar bo‘yicha e’lonlar ko‘rish imkonini beradi. Sotuvchilar faqat foydalanuvchi reklama ustiga bosganidagina pul to‘laydilar. Rossiyada “Yandex.Direct” va Google AdWords qurilmalari shunga o‘xshash qurilmalarni taklif etadilar.

Yangi reklama qurilmasi Amazon’ning reklama hisobiga keladigan foydasini oshiradi deb ta’kidlamoqda, Bloomberg. Hozirda kompaniya maydondagi har bir savdodagi komissiyadan hamda logistika xizmatlaridan pul ishlaydi. Shuningdek, Amazon sotuvchilarga o‘z saytida reklama va qidiruv natijasida xizmatlarning ko‘payishini taklif etmoqda.

Amazon Google va fransuz Criteo SA marketing firmasi milliardlab dollar foyda oladigan bozorga kirib kelmoqda. eMarketer tadqiqot kompaniyasining axborotlariga ko‘ra Amazon 2017-yilda reklamaning o‘zidan 1,7 mlrd $ daromad olgan. Tushumining asosiy qismini reklama tashkil etuvchi Google esa 2017-yilda bu yo‘nalishda 95 mlrd $ foyda qilgan.

______________________