Samsung Galaxy S9’da LTE iPhone X’dan 2 barobar tezroq ishlashini aytdi

Samsung  Galaxy S9 va S9 + qurilmalarining LTE-aloqasi bu sharoitda raqobatchi bo‘ladigan hozirgi smartfonlarnikidan 42 foizga yuqori bo‘lishini ma’lum qildi. Bu xabar juda ta’sirli, lekin aslida hamma narsa Samsung izohlayotganidekmi?

Dastavval, kompaniya ma’lum qiladigan raqamlarni ko‘rib chiqamiz. Samsung Galaxy S9, iPhone X, Google Pixel 2 va Galaxy S7’ning ikki turidagi LTE’ning ishlab chiqarish darajasini baholash uchun mashhur Ookla Speedtest xizmatidan foydalandi. Bunda Samsung S9 guruhidagi smartfonlarning:

  • iPhone X’dan 37 foizga tezroqligini;
  • Pixel 2’dan 17 foizga tezroqligini;
  • Galaxy S7’dan 38 foiz tezroqligini aniqladi.

Galaxy S9 va S9 + qurilmalarida foydalaniladigan modem haqiqatdan raqobatchilarinikiga qaraganda ancha tez ishlaydi, lekin real natija turli omillarga bog‘liq bo‘lishini ham unutmaslik kerak: telefon qanday tarmoqda ishlayotgani, qancha ilovalarga tarmoqqa ulangani kabi ko‘plab omillar shular jumlasidandir.

Shunday ekan, real vaziyatda foydalanuvchilar yuqorida aytilgan bir nechta soniyalarni o‘z ichiga oluvchi “42 foiz”ga unchalik ham e’tibor qaratishmasa kerak.

______________________