25 yillik tanaffusdan so’ng O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklandi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 15-may kuni muntazam avtobus transporti qatnovi qayta tiklandi. Bu haqida repost nashri O‘zbekiston avtomobil transporti agetligining xabariga asoslanib yozmoqda.

“Toshkent – Xo‘jand – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi marshrut 15-may kuni mahalliy vaqt bilan 08:30 da “Toshkent” avtoshohbekatidan yo‘lga chiqdi, – deyilmoqda xabarda. Ikki qo‘shni davlatlar orasidagi avtovuslar qatnovi 1992-yilda Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanishi bilan to‘xtalib qolgani ta’kidlandi.

Agentlikning ma’lumot berishicha, yo‘nalishning uzunligi 174 kilometrni tashkil etib, avtobus reysi yo‘lovchilari alohida tartibda tekshirishdan o‘tuvchi bojxona va chegaralararo jarayonlarni hisobga olgan holda safar 4,5 soat vaqtni oladi.

O‘tgan yilning aprelida respublikalararo aviatashuvlari tiklangan bo‘lsa, sal avval martda ikki davlatning janubiy qismlarini temiryo‘l qatnovi orqali bog‘lash, 30 kunlik muddat bilan fuqarolarning vizasiz safar qilishlariga ruxsat berish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangandi.

______________________