Reyting: ko‘chmas mulk ijaraga olish uchun eng yaxshi davlatlar

 GoBankingRates xizmati ko‘chmas mulk ijaraga olish uchun foydali bo‘lgan 25 davlatning ro‘yhatini taqdim etdi.

Tahlilda asosan 3 ta ko‘rsatkich inobatga olingan:

  • umumiy maydoni 120 kvadrat metr bo‘lgan yashash joyining o‘rtacha ijara narxi;
  • ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan tushadigan daromad solig‘ining stavkasi miqdori;
  • mol-mulkdan keladigan o‘rtacha daromad – uy-joy mulkdorlarining soliqlar, yig‘imlar va boshqa xarajatlardan oldin to‘lashi mumkin bo‘lgan mablag‘.

GoBankingRates tahlilchilari yakuniy ro‘yhatga kirgan 25 ta mamlakatni ajratib ko‘rsatishdi. Birinchi o‘rinni Filippin, ikkinchi o‘rinni Birlashgan arab amirliklari hamda uchinchi o‘rinni esa Kosta-Rika band qildi.

  1. Filippin. Uy-joydan daromad — 6,13 %, soliq stavkasi — 4,06 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2422 $.
  2. Birlashgan arab amirliklari. Uy-joydan daromad — 5,19 %, soliq stavkasi — 5 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 3070 $.
  3. Kosta-Rika. Uy-joydan daromad — 7,48%, soliq stavkasi — 5,16%, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — $1450.
  4. Panama. Uy-joydan daromad — 5,75 %, soliq stavkasi — 2,08 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2075 $.
  5. Indoneziya. Uy-joydan daromad — 8,61 %, soliq stavkasi — 20 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2486 $.
  6. Barbados. Uy-joydan daromad — 5,48 %, soliq stavkasi — 7,5 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2501 $.
  7. Tailand. Uy-joydan daromad — 5,13 %, soliq stavkasi — 2,73 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2029 $.
  8. Irlandiya. Uy-joydan daromad — 6,64 %, soliq stavkasi — 10,05 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2077 $.
  9. Fransiya. Uy-joydan daromad — 2,79 %, soliq stavkasi — 10 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 4379 $.
  10. Kipr. Uy-joydan daromad — 5,12 %, soliq stavkasi — 0 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 966 $.
  11. Germaniya. Uy-joydan daromad — 3,99 %, soliq stavkasi — 2,71 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1769 $.
  12. Xorvatiya. Uy-joydan daromad — 5,43 %, soliq stavkasi — 8,4 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1320 $.
  13. Bolgariya. Uy-joydan daromad — 6,24 %, soliq stavkasi — 10 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 997 $.
  14. Vengriya. Uy-joydan daromad — 5,24 %, soliq stavkasi — 13,5 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1621 $.
  15. Gretsiya. Uy-joydan daromad — 4,17 %, soliq stavkasi — 7,5 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1460 $.
  16. Ispaniya. Uy-joydan daromad — 4,7 %, soliq stavkasi — 19 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2531 $.
  17. Kanada. Uy-joydan daromad — 3,98 %, soliq stavkasi — 25 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 3740 $.
  18. Marokash. Uy-joydan daromad — 5,52 %, soliq stavkasi — 10,7 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 854 $.
  19. Janubiy Afrika. Uy-joydan daromad — 3,88%, soliq stavkasi — 12,8%, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — $1636.
  20. Argentina. Uy-joydan daromad — 4,48 %, soliq stavkasi — 14,7 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1490 $.
  21. Kolumbiya. Uy-joydan daromad — 6,51 %, soliq stavkasi — 24,75 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1548 $.
  22. Malta. Uy-joydan daromad — 4,35 %, soliq stavkasi — 23,33 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 2229 $.
  23. Portugaliya. Uy-joydan daromad — 5,45 %, soliq stavkasi — 26,44 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1939 $.
  24. Latviya. Uy-joydan daromad — 3,8 %, soliq stavkasi — 17,25 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1074 $.
  25. Turkiya. Uy-joydan daromad — 3,62%, soliq stavkasi — 21,94 %, 120 kvadrat metr bo‘lgan mulkning o‘rtacha ijara bahosi — 1128 $.
______________________