Orange2Fly — samolyotni boshqarish uchun ekipaj jamoasi bilan uni ijaraga berishni taklif etuvchi charter aviakompaniyasi hisoblanadi. Mazkur aviakompaniyaga 2015-yilda sobiq SkyGreece Airlines xodimlari tomonidan asos solingan.

Aviakompaniya prezidenti O‘zbekistonning turistik salohiyatini o‘rganishga qiziqish bildirmoqda, buning natijasida esa kompaniya mamlakat bozoriga kirish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bu ish uchun O‘zbekistonga ishchi guruhi keladi. Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi vakillari o‘z navbatida xorijliklarning bozorni o‘rganishiga va Gretsiyadan O‘zbekistonga reyslarni tashkil etish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatishi belgilangan.