“Faqatgina yo’l qoidalarini o’qish bilan avtomobil boshqarishni o‘rgana olmaysiz. Biznesda ham xuddi shunday”

 Aloqa saloni tarmog‘i va “Svyaznoy” banki asoschisi Maksim Nogotkov vc.ru nashriga yetakchilik bo‘yicha savollarga javob berdi.
Rossiyalik tadbirkor va Rossiya tarixidagi eng yosh milliarderlardan biri Maksim Nogotkov 2015-yilda biznesini yo‘qotgach Kaliforniyaga ko‘chib keldi.

U yerda Maksim kishi potensialini rivojlantirish sohasida loyihani ishga tushirmoqchi hamda yosh tadbirkorlar uchun mentorlik bilan shug‘ullanmoqda.

Yetakchilik nima?

Men uchun liderlik eng avvalo kelajakni ko‘ra olish. Kelajakni yaratish qobiliyati o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu ko‘pchilik uchun butunlay begona bo‘lgan imkoniyat va vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish va harakat qilishdan iborat.

Liderning asosiy vazifasi nimada?

Kelajakning yorqin, e’tiborni jalb qiluvchi shaklini yaratish va unda yashash. O‘z jamoangiz, mijozlaringiz va hamkorlaringizga  uni yaratish va jonlantirish imkonini berishingiz mumkin. Har kun yangi qadamlar qo‘yish, rejalaringizni amalga oshirishda ko‘proq kishilarni jalb etishi mumkin.

Menejerlar ko‘pincha quyi darajaga tushadilar va boshqa odamlar diqqatini tortmasdan turib biror nima yaratishga harakat qiladilar, bu bo‘yicha topshiriqlar beradilar.

Lider bo‘lib tug‘iladilar yoki shakllanadilar

Yetakchi bo‘lib tug‘ilish ham, shakllanish ham mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, 50 % baxt darajasi tug‘ilganimizdayoq bizga berilarkan. Liderlik ham ana shu 50 % dek deb o‘ylayman, keyinchalik bu sifatni shakllantirish yoki foydalanmaslik mumkin.

O‘z xohishingiz bilan lider bo‘lish mumkinmi yoki buni vaziyat taqozo etadimi?

Biz o‘z hayotimizning mualliflarimiz va tanlov erkinligiga egamiz. Muvaffaqiyatli yetakchi bo‘lish yoki bo‘lmaslik kishini qobiliyatlariga, bu sohada o‘zini qanchalik kuchli deb bilishiga va ijodiy mutanosiblik bilan harakatlanay olishiga bog‘liq.

Yetakchilik atrof muhitga bog‘liqmi yoki kishining o‘ziga?

Masalan, Amerikada tadbirkorlar soni Rossiyanikidan 2 marta ko‘proq. Muhit kishining rivojlanishiga yordam berishi yoki to‘siq bo‘lishi mumkin. Shu bilan bbirga kishi hamisha o‘z atrofidagi to‘siqlarni yengib o‘tishi va imkoniyatlaridan tashqariga chiqishi mumkin.

O‘z xodimlaringizdan liderlarni qanday tarbiyalash mumkin

Ularga nisbatan murakkab, qiziqarli vazifalarni berish o‘z chegaralaridan chiqishlariga yordam beradi. Mening amaliyotimda liderlik qobiliyatlariga egalar ham 3 yil o‘tgach o‘z ishlaridan charchaydilar. Ularning faoliyatlarini kengaytirish uchun yangi vazifalar, yangi mas’uliyatni yuklab turish kerak.

Shaxsiy qarashlarni qanday shakllantirish mumkin

Lider o‘zini yaxshi bilishi kerak. To‘liqlik, quvonch, o‘yin hissi unga nima berishini bilishi kerak. Dam olish kunlari qaysi turdagi ishlar bilan shug‘ullanishga tayyor, qaysi loyihaning amalga oshirilishida maksimal darajadagi ma’no ko‘rayotganini bilishi lozim.

O‘zining butun mulkini berishga tayyor bo‘lgan biror vazifa bormi? Qaysi ishda uning qalbi qo‘shiq kuylab ishlaydi va maksimal darajada tasavvuri rivojlanadi? Buni bilishi kerak.

Men farqni sezish uchun asosan turli faoliyat turlari va loyihalarni sinab ko‘raman. Bu haqda faqat intellektual o‘ylash bilan noto‘g‘ri qaror qabul qilish xavfi vujudga kelishi mumkin.

Yaxshi lider: quvonch, kulguni yaratadi, qayerga borishni, nima qilishni biladi va buni qanday qilish kerakligini ko‘rsatadi. O‘zini jamoaning bir bo‘lagi sifatida his etishdan ilhomlanadi.

Jarayonlarni boshqara olmayotgan yetakchi nima qilishi kerak

Bu ko‘p yuz beradi. Lider loyihaning boshida turish emas, balki uni iqtidorli kishilar bilan birga amalga oshirish uchun o‘z rolini topishi kerak.

Jarayonlarni boshqarish jihatiga qaraydigan bo‘lsak – bunday qobiliyatga ega kishilar anchagina. Shunchaki bunday kishini topish va uni o‘z hamkoringizga aylantirishingiz kerak.

Yetakchi eng avvalo quyidagi savollarga javob berishi kerak:

  • Nega bu muammoni yechish kerak? U nega muhim? Nega aynan u bu muammoni yechishi kerak?
  • Qaysi mahsulot yoki loyiha uning holatini eng yaxshi ko‘rinishlarda yaxshilay oladi?
  • Bu loyihani qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Sezgi yoki faktlar asosida qaror qabul qilish

Sezish orqali qabul qilgan qarorlarimning hammasi yaxshi edi. Men qandaydir noaniqlik, tushunmovchilik borligini his qilgan masalalarimni hal etishda faktlarga tayanaman. Men asosan kadrlarni tayinlash bilan bog‘liq masalalarni yaxshi eslab qolaman.

Muloqotning ilk 30 soniyasida qabul qilgan qarorlarim nisbatan ko‘p bosh qotirgan masalalarimga qaraganda aniqroq bo‘lgan.

Bizning his-tuyg‘ularimiz bilan shug‘ullanuvchi miyamiz qismi mantiqiy fikrlashga qismiga qaraganda nisbatan kengroq va yaxshiroq fikr yuritadi.

______________________