Keys: LeBazar’ning tashqi reklamasi

LeBazar’ning marketing bo‘yicha direktori Azizbek Yusufov kommersant nashriga kompaniyaning reklama texnologiyasi haqida fikrlarini bayon qildi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan qiziqarli va noodatiy texnologiyalarni qo‘llagan tashqi reklamalar paydo bo‘ladi. ЯКС, 18+ energetik ichimligi, HEY! sharbati kabilar shunga misol bo‘la oladi. Yaqinda esa ko‘k fonda kishilar tasviri tushirilgan e’lonlar uchradi. Bu LeBazar internet-do‘konining tizer-kampaniyasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Quyida LeBazar’ning marketing bo‘yicha direktori Azizbek Yusufov nega internet-do‘kon bunday ana’naviy reklama uslubini tanlaganini va tashqi reklama yordamida qanchalik muvaffaqiyatga erishilganini ma’lum qiladi.

Nega tashqi reklama?

Tashqi reklama – agar sizning xizmat yoki mahsulotingiz bitta shahar bilan cheklangan bo‘lsa, savdoni yuritishning eng samarali va shu bilan birga unchalik qimmat bo‘lmagan usulidir. Agar bizning maqsadli auditoriyamiz haqida gapiradigan bo‘lsak, bular to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi reklama bilan qoplangan kishilardir.

Tizer mavzusi boshidan rejalashtirilmagan, lekin ishlaash jarayonida rasmli texnologiyadan g‘oyasi keldi. Kreativ haqida bosh qotirishdan avval, hamkasblarimiz bilan Toshkentda tashqi reklamalar taqdim etiladigan “rang gammasi”ni tahlil qildik va eng maqbuli deb logotipimizga o‘ziga xos ziddiyatni vujudga keltiradigan ko‘k fonni tanlashga qaror qildik. Bu shahardagi ko‘plab reklamalardan ajralib turadi deb hisoblaymiz.

Bunday reklamaning samaradorligi

Tashqi reklamaning natijasi va samaradorligi haqida xulosa chiqarishga hali erta. Biroz “shovqin” va hamkasblarimizning sharhlariga qo‘shimcha sifatida biz natijadan mamnunmiz deya olamiz. Samaradorligi bo‘yicha e-commerce uni nazorat qilib boradigani aniq. Birinchidan, bannerda biz qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladigan telefon raqami bor va albatta, saytga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishlarni ham ko‘rib turamiz.

Tizer paytida reklamalar unchalik ham ko‘p emasdi – bor-yo‘g‘i 11 ta. Ularni 30-40 tagacha ko‘paytirish rejamizda bor. Bu imidjdan biz tashqi reklama sifatida ko‘p foydalanishni niyat qilganmiz. Shu bilan birga har bir imidjning ham o‘z yashash davri borligini ham unutmaganmiz.

photo_2018-05-14_16-03-58Biz reklama kampaniyasini endi boshladik va bu texnikalarni faqat tashqi reklamalar uchungina ishlatishni rejalashtirmaganmiz. Yaqin orada ijtimoiy tarmoqlarda ham tizerlarimizni ishga tushiramiz.

Tizerni tayyorlash bo‘yicha batafsil

O‘zbek tilida bosh katta harflardan foydalanganimiz, talabdan kelib chiqqan va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriyani yanada ko‘proq jalb etish maqsad qilib qo‘yilgan. Biz yaxshi tushunib turibmiz – mijozlarimizning asosiy qismi rusiyzabon aholi, lekin o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar bir necha barobar ko‘proq va biz aynan ularni ko‘proq jalb etishni maqsad qilganmiz.

Asosiy kutiladigan natija saytga kirish emas, qo‘ng‘iroq qilish bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo, unday emas, shunchaki brendimiz nomiyoq saytga kirishga chorlaydi. Albatta, internet-do‘konlar orqali savdo qilishda birinchilardan bo‘lish oson emas. Aynan shu haqida gapirib berish uchun telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilamiz va u orqali ham buyurtmalar olamiz.

Shuningdek, bannerdagi matn juda ko‘p bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin juda keng hudud va matn joylashtirishning uzoq masofasi iste’molchilarga u bilan tanishish imkonini beradi.

Tizer va kreativ yondashuv bilan “360” studiyasi shug‘ullandi.

Toshkentda tashqi reklama

Nega aynan tashqi reklamani tanlaganimiz haqida gapira turib, uning samaradorligi haqida to‘xtaldim. Qo‘shimcha sifatida bugun shahar tashqi reklamaga to‘laligini aytishim mumkin. O‘z navbatida, u kuchli talabga va yetarlicha ta’sirga ega bo‘lib qolayotganini aytish mumkin.

photo_2018-05-14_16-04-00Tashqi reklama maksimal tarzda ta’sirchan bo‘lishi uchun uni tayyorlashda agar ularda nashr qildirsangiz bepul dizayn tayyorlab beruvchi kompaniyalarga emas, professionallarga ishongan ma’qul. Faqat o‘z reklamangiz haqida o‘ylaganingizda kichik emas, maksimal katta elementlardan foydalaning. Yana bir qoida: bir tomon – bitta xabar.

______________________