Qaysi texnologiyalar ana’naviy reklamani ta’sirchan qildi?

Onlayn kompaniyalar oflayn reklamaga qaytishmoqda. Umuman olganda, ushbu bozor sekinlashdi, lekin Internet texnologiyalar sizning haqiqiy dunyodagi aksiyalarning samaradorligini kuzatish, eng samarali tuzilmalarni tanlash imkonini beradi.

Tarix xazilkash: qachonki jiddiy brendlar Internetni yangi reklama bozori sifatida inobatga olmasa, inobatga olinmagan onlayn reklamalar katta portlash bilan ularga qaytadi. Hozirda, kapitali bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan bo‘lgan Amazon, Google, Microsoft va Apple kabilar onlayn kompaniyalardan iborat bo‘lib, ularning qiymati 2 trln dollardan oshmoqda. Shu bilan birga biz teskari jarayonni – onlayn kompaniyalarning offlayn reklama bozoriga kirishga nisbatan urinishlarini ham ko‘rib turibmiz. Haqiqiy dunyoga e’tiborsiz bo‘lgan Internet-brendlar hozirgi kunda eng tajribali hamkorliklarga kirishmoqda.

To‘rtinchi devor

To‘rtinchi devor – fransuz faylasufi Deni Didro tomonidan XVIII asrda fanga kiritish taklif etilgan atama bo‘lib, u aktyorlar va tomoshabinlarni sahnaning chetidan ajratib turadigan hayoliy devor mazmunini bildirgan. Sal keyinroq, atamani nafaqat teatrda balki boshqa san’at turlarida ham ishlatish mumkin bo‘ldi. XXI asrga kelib u monitorning boshqa tomonidagi virtual dunyo bilan foydalanuvchini ajratib turuvchi chegaralarini bildira boshladi. Bugungi kunda bu chegarani bosib o‘tish uchun marketologlarning butun bir armiyasi kerak bo‘ldi: ularning vazifasi onlayn-brendlar ishiga auditoriyani qiziqtirish va ularning ishonchini orttirishdan, mijozga faqat internet kenglikda emas balki kundalik turmushda ham o‘zaro aloqa qilish imkonini taqdim etishda iborat.

Muammo shundaki, ko‘plab internet-kompaniyalar foydalanuvchidan juda uzoqda joylashadi: ularning barcha muloqot va qayta aloqalari faqatgina e-pochta orqali kechadi. Internet texnologiyalar va onlayn kommunikatsiya asrida jonli muloqot yangicha qiymatga ega va startaplar uchun juda muhim bo‘lgan – brend bo‘yicha ijobiy fikrni shakllantirishga xizmat qiladigan muloqot shaklidir.

Yana bir o‘ziga xoslik, bu segmentda raqobatning ancha pastligi: ko‘pgina tahlilchilar va reklama agentliklari oflayn reklamalarning o‘lib bo‘lganini allaqachon aytib o‘tganlar va undan voz kechishdi, bu esa mazkur turdagi reklama operatorlarining yangi ufqlari va foydali takliflarini ochib beradi.

Bular bilan bir qatorda, onlayn bozor bugungi kunda juda murakkablashib, deyarli har kuni kontentni joylashtirish va shaxsiylashtirish uchun avtomatlashtirilgan yangi xizmatlar, vositalar va platformalar paydo bo‘lmoqda. Ko‘p o‘tmay, onlayn-reklamachilar real dunyoda reklama murakkab va qimmat sozlamalarga muhtoj emasligini tushunishlari kerak. Bu shunchaki qo‘shimcha auditoriya bo‘lib, onlayndagidek tez emas biroq nisbatan ishonchli va qat’iydir.

Onlayn do’kon yonidagi eshik

Ikkilamchi kiyimlar onlayn-do‘koni bo‘lgan ThredUp – umumiy iste’mol harakatining tarafdorlaridan biri, u iqtisodiyotni birgalikda foydalanish tamoyillari asosida targ‘ib etadi. Bu startapning ofisi San-Fransiskoda joylashgan bo‘lib, unda Netflix va eBay’ning sobiq yetakchi menejerlariga ishlashadi. Kompaniya dunyodagi eng katta ikkinchi qo‘ldagi kiyimlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lib, 20 million auditoriyaga, kuniga 100 000 buyurtmaga va 0,5 mlrd $ kapitalga ega. Kompaniya rahbariyati do‘konga “borish” sezilarli darajada pasayganida – onlayn savdoning mavjud afzalliklari va tajribasidan foydalangan holda bozorga kirish ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Lekin oflaynda o‘z do‘koningizni ochish yangi auditoriyani jalb etishning yagona usuli emas.

Hammamiz bugun bu yerda yig‘ilganimiz qanday yaxshi

Onlayn-kompaniyalar barcha marketologlar orzu qiladigan katta axborotlarni osonlik bilan boshqaradilar: monitorning narigi tomonidagi kompaniyalarga bu axborotlarga tayangan holda o‘z ma‘lumotlarini tarqatish juda oson. Oflayn reklama bozoriga kirishda bu axborotlardan foydalanish uchun shaxsiy tadbirini tashkil qilish bu usullardan biri. Masalan, Filadelfiyaning mahalliy yangiliklar sayti 2015-yildagi o‘z daromadining 85 % ni ularning shahriga Rim Papasi Fransis kelgani munosabati bilan o‘tkazilgan ana shunday tashriflardan topgan.

Internet-brendlar tomoshabinlarni qanday voqealar bilan qiziqtirishni va muvaffaqiyatli voqealar uchun nima kalit  ekanligini tushunishlari kerak.

Haqiqat oraliqda

Onlayn va offlayn marketing dunyosi o‘rtasidagi chegaralar tobora kuchaymoqda: to‘liq va virtual reallik texnologiyalari yordamida biz haqiqiy dunyoda Internetdan ham foydalana olamiz. Ba’zi odamlar ana’naviy marketing davri tugagan deb da’vo qiladilar, ammo bunday reklamalarni umumiy marketing strategiyasiga kiritish uchun hali ham bir nechta afzalliklari bor. Oflayn va onlayn reklamalarning birlashuvi tovarlarni ommalashuvini oshiradi va uni raqobatchilar orasida taqsimlaydi, bu vaqtda kishilar raqamli makonni shiddat bilan egallaydilar. “Axborot yig‘ish”ga xizmat qiluvchi turli gadjetlarning mashhurlashuvi brenlarga har xil oflayn kampaniyalarni kuzatish va baho berish imkonini beradi.

Shunday ekan, to‘la bozorda biznes bilan shug‘ullanish maqsadingiz bo‘lsa, maqsadli auditoriyani jalb etishda qancha ko‘p kanallar – ham raqamli ham ana’naviylaridan foydalanish ahamiyatga ega.

______________________