Aleksandr Dyukov: “Kishilardagi mas’uliyatsizlik va befarqlikni kechira olmayman”

“Gazprom neft”ning bosh direktori Aleksandr Dyukov Fobes nashriga boshqaruv, neft ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Gazprom neft”ning rahbari Aleksandr Dyukov bir vaqtning o‘zida Forbes’ning ikkita ro‘yhatiga kiradi: 200 nafar eng boy rossiyalik biznesmenlar va 20 ta direktor-kapitalistlar safida. Ikkala holati ham Dyukov neft-kimyo xoldingining motivatsiya menejmenti dasturi orqali qo‘lga kiritgan “Sibur” aksiyalar paketi orqalidir. U 3 yildan ko‘proq “Sibur”ni boshqargan.

“Sibur”ning direktorlar kengashi safida qolish bilan birga Dyukov 12 yildan buyon “Gazprom neft”ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt davomida kompaniyaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ikki marta oshdi. Dyukov “Gazprom neft” endilikda faqat hududiy kompaniya emasligidan g‘ururlanadi va barcha sohalarda uning unumdoorligini va teznik imkoniyatlarini namuna qilib ko‘rsatishlari haqida orzu qiladi.

Neft ishlab chiqarish bo‘yicha “Gazprom neft” 2017-yilda “Surgutneftgaz”ni quvib o‘tib 3-o‘ringa chiqib oldi.

Bizning strategik maqsadimiz – 2020-yilga borib yiliga 100 mln tonna neft qazib chiqarishga erishish. Biz bunga ishonch bilan yaqinlashmoqdamiz. “Surgutneftgaz”ni quvib o‘tish maqsadimizda bo‘lmagan. Mamlakatda neft qazish ulushi bo‘yicha 3-o‘ringa chiqqanimizni jurnalistlardan bildik. Albatta, bu yaxshi yangilik bo‘lganini yashirmayman.

2006-yilda kelganingizda qanday maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ygandingiz?

2006-yilda “Gazprom”da shu nomdagi neft biznesi guruhini tuzish strategiyasi ishlab chiqilgan edi. U tez orada asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ishlab chiqdi: zaxiralarni ishlab chiqarish hisobiga ishlab chiqarishning o‘sishi, neftni qayta ishlashning hajmi va chuqurligini oshirish, neftni tarqatish tarmog‘ini rivojlantirish kabilar. 2008-yilga kelib esa, “Gazprom neft”ning 2020-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Bu resurs bazasida yiliga 2 milliard tonnadan ziyodroq hajmda o‘sish va yiliga 100 million tonna neft ekvivalentida ishlab chiqarish hajmining yuqori bo‘lishi va Rossiyada neftni qayta ishlash hajmini 40 mln. tonnagacha yetkazishni, shuningdek, maqbul sotuv kanallari orqali neft mahsulotlarini sotishning 100 % ni tashkil etadi.

Davlat aksioneri xususiy kompaniyaga keldi… Bu axir butunlay boshqa korporativ madaniyat.

Men “Gazprom neft”ga kelganimda, Roman Abramovich jamoasining korporativ markazidan deyarli hech kim qolmagandi. Ular jo‘nab ketish bilan birga korporativ madaniyatni ham olib ketishgandi. Hissadorlik jamiyatlari yetarlicha kuchli holatga keltirilgan, asosan yorqin bo‘lgan madaniyatda yashashgan. Lekin bu narsa kompaniyaga emas, balki sizning korxonangizga yoki ushbu korxona ichidagi ishchilar guruhlaridan biriga – o‘z qoidalari, yozilmagan qonunlari, an’analari “biz har doim shunday qilardik” tamoyiliga tegishlidir. Butun kompaniyaning manfaatlari ustuvor emasdi. Korporativ markaz tez-tez lekin, ehtiyotkorlik bilan qabul qilindi.

Bu madaniyatni qanday qilib o‘zgartirdingiz?

Inqilobiy emas, evolyutsion o‘zgarishlar tarzda sodir bo‘lgan. Biz qo‘ygan asosiy maqsadlar korporativ markazning barcha bo‘linmalari va filiallarini faolroq ishlashga majbur qildi. Operatsion modelimizni biroz o‘zgartirdik, chiziqli-funksional boshqaruv modeliga o‘tdik, loyihalarni boshqarish tamoyillarini yanada kengroq ishlata boshladik, jumladan, boshqaruvga agile-yondashuv nomli xodimlarning tezkor, faol faoliyati. Xodimlar butun kompaniya atrofida o‘zlarini o‘sish va rivojlanish, professional istiqbol atrofida o‘zlarini ko‘ra boshladilar.

Ya’ni “Sibneft” bazasida yangi kompaniya tuzildi?

Menimcha, ha. Biznesning geografiyasi va masshtabi butunlay o‘zgardi. Bugun “Gazprom neft”ni suyuq uglevodorodlarni ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoning 10 ta yirik neft kompaniyalari tarkibiga kiruvchi haqiqiy ma’nodagi yirik kompaniya deyish mumkin. 2006-yildan buyon biz nafaqat ishlab chiqarishimizni, balki zaxiralarimiz hajmini ham ikki barobarga oshirdik va qayta ishlash quvvatlarini ikki yarim barobarga ko‘paytirdik. Misol uchun, portlardagi bunkerlarning, aeroportlardagi samolyotlarning yonilg‘i bilan to‘ldirish bo‘yicha yangi biznes yo‘nalishlari paydo bo‘ldi.

Keyingi maqsadlaringiz qanaqa?

2020-yildan keyin biz dunyodagi eng yuqori 10 ta o‘rindan joy egallash uchun ishlab chiqarishni o‘rtachadan yuqori ko‘tarishga harakat qilamiz. Shunga qaramay, biz sifatli o‘zgarishlarga e’tibor qaratishga, ishlab chiqarilgan har bir barrel neft uchun foydalaniladigan sarmoyaning rentabelligini va daromadini maksimal darajada oshirishga intilamiz.

“Gazprom neft”da raqamli texnologiyalarga qiziquvchan imidj shakllanib bo‘lgan.

Qiziqish? Bizning bu bo‘yicha niyatlarimiz jiddiy. Negadir omma ongida, neft biznesi o‘n yilliklar davomida o‘zgarmaydigan an’anaga aylanib ulgurgan. Lekin umuman olganda, zamonaviy neft sanoati innovatsion va bilimga asoslangan sanoat bo‘lib, unda har yili jiddiy texnologik o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yana qaytaraman “Gazprom neft” uchun texnologik taraqqiyotning doimiy o‘sishi muhim ustuvor vazifalardandir. Bu o‘z-o‘zidan emas, balki muayyan biznes muammolarini hal qilish, raqobatbardoshlikni mustahkamlash vositalaridan biridir.

Sizning biznesingizda raqamli texnologiyalar aynan nimani o‘zgartiradi?

Ular ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Bir vaqtlar boshlangan kompaniyamizning raqamli o‘zgarishi butun bir zanjirni o‘z ichiga oladi – yangi zaxiralarni topib, konlarni ekspluatatsiya qilishdan, neft mahsulotlarini sotish uchun qayta ishlashgacha. Raqamli texnologiyalar neft biznesining asl mohiyatini o‘zgartirmaydi, lekin ular yanada tezroq, samarali va arzonroq qaror qabul qilish va amalga oshirish imkonini beradi.

Umuman olganda neft sanoatini qanday bashoratlar kutmoqdi?

Neft narxi bilan o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda qanday talab va taklif bilan yuz beradi, hech kim bilmaydi. Lekin ishonchim komilki, faqatgina neft, 10, 20 va 30 yillardan keyin ham talab qilinadigan vositaligicha qoladi. Shu bois, neft bozorida yanada samarali, xavfsiz, texnologik uskunalar, tez qaror qabul qilish va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Eng kamida qancha neft narxida ishlay olasiz?

Barreli uchun 15 dollarni tashkil etadigan bo‘lsa, hattoki Arktikadagi konimizda ham neft qazib olishni davom ettiramiz. Biz juda kam narxlarda ishlay olamiz.

Bugun rahbar uchun eng muhim narsa nima?

Boshqaruvchi uchunmi yoki yetakchi uchunmi?

Siz bu tushunchalarni ajratasizmi?

Yumshoq qilib aytganda, bu tushunchalar bir xil emas. Boshqaruvchilar – mavjud tizimlarni samarali qilish, sozlash va funksiyalash bilan shug‘ullanadilar. Yetakchilar bo‘lsa – o‘zgarishlar, yangi modellarni yaratish va bu bilan boshqalarni qobiliyatlarini o‘zgartirish bilan shug‘ullanadilar. Albatta, boshqaruvchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan lider bo‘lishga intilish lozim: u doimo yutuqlar uchun imkoniyatlar izlaydi, odamlarni yangi maqsadlarga yetaklay oladi va ayni paytda mavjud jarayonlarni samarali ravishda joylashtira oladi ham.

Siz xodimlaringizning xato qilishlariga huquq berasizmi?

Agar xato – mas’uliyatsizlik yoki xodimning bevosita o‘zini noto‘g‘ri tutishi bilan bog‘liq bo‘lsa, buni jazolash kerak. Lekin adashish huquqi haqida gapiradigan bo‘lsak, ha u bor. Barchamiz ham xato qilamiz. Har bir muvaffaqiyatli kompaniyaning ortida u qilgan xatolar ham turadi. No pain, no gain (Og‘riq yo‘q joyda, yutuq ham bo‘lmaydi) deydi inglizlar. Shu bois eng muhimi urinib ko‘rish. Aks holda muvaffaqiyat hech qachon yuz bermaydi.

Nohaqlikdan tashqari kishilarda yana nimani kechira olmaysiz?

Mas’uliyatsizlik va befarqlikni. Agar kishi bajaradigan ishiga befarq bo‘lsa, ishi yurishmasligi aniq.

O‘zingizni boy odam deb hisoblaysizmi?

Keling, avvalo tushunchalarni belgilab olaylik. Agar badavlat kishi o‘z ehtiyojlarini qondiradigan odam bo‘lsa, unda, ha, men ehtimol boy odamman. Lekin bu 1990-yillardan buyon shunaqa. Mening mehnat faoliyatim deyarli 30 yilni tashkil etadi.

 

O‘zingizdagi nimanidir o‘zgartirishning payti keldimi?

Albatta. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, katta yoshda o‘z-o‘zidan biror nimani o‘zgartirish yetarlicha murakkab. Yangi jismoniy chaqiriq, hatto ular jismonan og‘riqli bo‘lsa ham befoyda bo‘lishi mumkin, tanangiz sizga: “Quloq sol, bu senga nega kerak? Boricha qoldirsangchi” deyishi mumkin. Biroq, mening fikrimcha, o‘zgarish qobiliyati – yetakchilik fazilatlaridan biridir.

______________________