O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlikda birja savdosini yo‘lga qo‘yadi

Spot nashrining yozishicha, O‘zbek tovar-xomashyo respublika birjasi rahbarlari Qirg‘iz fond birjasi bilan hamkorlik bo‘yicha bitim imzoladilar. Bu haqda tashkilotning axborot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatning asosiy maqsadi – o‘zbek va qirg‘iz tovarlarning ikki davlar bozorlariga chiqishini o‘zaro osonlashtirishdan iborat.

Bitimda tovarlarning birja savdolari va hamkorlikdagi eksport-import aylanmasi bo‘yicha tajriba almashinish ko‘zda tutilgan. O‘zbek tovar-xomashyo respublika birjasi elektron birja savdosi bo‘yicha yo‘lga qo‘ygan tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va Qirg‘iz fond birjasiga tovar aylanmasini tashkil etishga ko‘maklashadi.

O‘zbekistondagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va tashkilotlari o‘z tovarlarini Qirg‘izistonga eksport qilish uchun birja savdolarida ishtirok etishadi.

Qirg‘iziston tomonidan O‘zbekistonda kam ishlab chiqariladigan tovarlar – sement va boshqa qurilish materiallari, ko‘mir mahsulotlari kabilar ishlab chiqaruvchi-kompaniyalar savdolarda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, birja vakillari O‘zbek tovar-xomashyo respublika birjasining savdo maydonini Qirg‘izistonda ochish imkoniyatlarini ham o‘rganishga kelishishdi.

Tomonlar boshlang‘ich bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi eksport-import savdolarida tovarlar hajmini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etadilar.

______________________