Biznes tashxisi: kompaniya strategiyasini qanday qilib amalga oshirish mumkin

Strategiyani amalga oshirishga to‘siq bo‘luvchi ana’naviy modellardan qanday qilib xolos bo‘lish mumkin?

So‘nggi paytlarda nafaqat biznesda, balki butun dunyoda ham katta tezlikda o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bunday vaziyatlarda kompaniyalarning hattoki yangilishishga ham haqlari qolmayapti. Bu holatni “Formula-1” poygasiga o‘xshatish mumkin: trassada xato qilgan haydovchi birdaniga boshqalardan ortda qoladi. Uni hammasini ajoyib tarzda uddalab keladiganlar ortda qoldiradi.

Shunday ekan, biznesning muvaffaqiyatini faqatgina to‘g‘ri tanlangan rivojlanish rejasi emas, balki 60 % da uni amalga oshirish sifati ham hal etadi.

Biroq, turli xildagi kompaniyalar bilan tanishishda qo‘yilgan maqsadlar bajarilmayotganini ko‘ramiz. Buni yuz berayotganiga sabab bo‘luvchi 3 holat quyidagicha:

  1. Rejalar real emas edi;
  2. Xodimlar keragicha ishlashmadi;
  3. Omadi kelmadi.

Afsuski, sabab ko‘pincha boshqacha. Har bir tashkilot rahbari boshqaruvning to‘liq hokimiyatiga ega emas. Shu bois, maqsad qo‘yilgach atrofida ko‘plab to‘siqlarni ko‘rishi mumkin.

Misol uchun, yirik kompaniya bir qator bo‘linmalarining oldiga innovatsiyalar bo‘yicha rivojlanish maqsadini qo‘ydi. Oxir-oqibat rejalar amalga oshmaganiga guvoh bo‘lindi. Rahbariyatning birinchi munosabati “Kishilar xohlashmayapti yoki shunchaki bu ularning qo‘lidan kelmaydi” bo‘ldi.

Lekin detallar bilan tahlil qilib o‘tilgach ma’lum bo‘ldiki, gap kishilarda emas balki, umuman boshqaruvdagi xatolarda ekan:

Qo‘yilgan maqsad natijasi bo‘linmada doimiy faoliyatni talab qilardi. Bu xodimlarga innovatsion faoliyatga yetarlicha vaqt ajratish imkonini bermagan.

Mahalliy va xalqaro jamoatchilik bilan tajriba almashinish uchun byudjetdan mablag‘ ajratilmagan. Bu sohada mavjud g‘oya va tashabbuslarni amaliyotga tadbiq etish imkonini bermagan.

Innovatsion faoliyat natijasida rag‘batlantirish tizimining mavjud emasligi.

Xodimlarni innovatsiyalar bilan tanishtirish ishi o‘tkazilmagan. Bu ko‘pchilikning g‘oyani tushunmasliklariga olib kelgan.

Bundan tashqari, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasida, biznes jarayonlarni amalga oshirish va ichki kollektiv madaniyatida ba’zi kamchiliklarning kuzatilgani ham sabab bo‘lgan.

Qo‘yilgan maqsadlarga erishishda to‘siqlardan qutilish uchun nimalardan qochish kerak?

1-qadam. Kompaniya strategiyasini aniqlashtirib uni tushuntirib berish. Nafaqat asosiy maqsad va biznesning umumiy ko‘rsatkichlarini ham izohlash lozim. Bundan tashqari, maqsadli bozorni, raqobatchilarni va taklifning qiymatini yetarlicha baholamaslik ham sizga to‘siq bo‘ladi.

2-qadam. Har bir ko‘rsatkich va tashabbus uchun kompaniyaning “ana’naviy shakllanishi”ni aniqlash. Bunday jarayonga misol qilib biznes rejalashtirish va madsadli yo‘nalganlik, manbalar bo‘yicha rejalashtirish, innovatsiyalarning tijorati, xodimlar motivatsiyasini boshqaish, ularni o‘rgatish va rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalarni boshqarish kabilar kiradi.

3-qadam. Har bir jarayon boshqa madsadlarga erishishga xalaqit bermasligini aniqlash. “Biznes-rejalashtirish va maqsadli yo‘nalganlik”ni madsadlarni rejalashtirishda hisobga olinadi. Har bir jarayon bir butun bo‘lib shakllanishi muhim.

4-qadam. Har bir jarayonning umumiy madsadga ta’sirini baholash.

5-qadam. Jarayonlarning joriy holatini to‘g‘irlashga doir tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bu reja asosiy modelni to‘g‘irlashga olib keladi.

6-qadam. Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha muddatlar va manbalarini qo‘yish.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, biror vazifani yechish uchun alohida bo‘linma tuzish, biznes-jarayonni yirik miqyosda ta’riflash, o‘nlab taqdimotlar o‘tkazish shart emas.

Uning amalga oshishi uchun faqat ikkita shart – yaxshilab tayyorlanish, detallargacha o‘ylash va biroz vaqtni sarmoyalash lozim.

Tashxisni ish kunlari davomida ham bajarish mumkin. Bu sessiyalarda turli bo‘linmalar xodimlari to‘planib biznesning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maqsadlarni muhokama qilishi kerak. Buning natijasida katta xatarlar va ta’qiqlarning bartaraf bo‘lishi va biznes modelingizni amalga oshirish uchun qanday elementlar kerakligigacha bilib olasiz.

______________________