Xitoy texnoparklari O‘zbekiston bilan innovatsiyalar sohasida hamkorlikka qiziqmoqda

O‘zbekiston davlat tashkilotlari vakillarining delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Uning doirasida High-tech sanoat zonasi rahbariyati va Xunan provinsiyasining ma’muriy markazi bo‘lgan Chansha shahrining meri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda kommersant.uz.

Davlat organlari vakillarining Xitoyga tashrifi Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, davlat organlari boshqaruvini takomillashtirish va mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun turli innovatsion yechimlar va tizimlarni joriy etish maqsadini ko‘zlagan.

Tomonlar birgalikdagi hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida kelishish bilan birga ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ham belgilab oldilar.

Xunan provinsiyasi va uning ma’muriy markazi bo‘lgan Chansha shahri sanoat parklari va sanoat hududi sanaladi. Shahar meri Li Syaoxon Xitoy tomonining O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikka qiziqishini ta’kidlab o‘tdi. Yaqinda Xitoyning texno parklar va sanoat zonalari vakillari qo‘shma innovatsion loyihalar va takliflar yaratish uchun O‘zbekistonga yuborilishini aytdi.

O‘z navbatida bizning delegatsiyamiz rahbari, Innovatsion taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Umarov O‘zbekistonda turli sohalarida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va boshqa institutlarning faoliyati boshlanishini ham aytib o‘tdi.

“Biz xitoylik hamkasblarimizning tajribasini o‘ganishga, investitsiya va hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyormiz. O‘zbekiston xalq va mamlakat rivojiga xizmat qiladigan yangi g‘oyalar va islohotlar uchun hamisha ochiq. Biz mamlakat infrastrukturasini va aholining turmushini yaxshilashga xizmat qiladigan mexanizmlar va mahsulotlarni ishlab chiqadigan hamkorlikdagi ilmiy laboratoriyalarni yaratadigan innovatsion markazlarni O‘zbekistonga taklif qilib qolamiz”, – dedi Baxtiyor Umarov.

______________________