Mutaxassislarning fikricha, bunday xulosaga milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari miqdorining barqaror oshib borayotganidan kelish mumkin – aksariyat kishilar dollarlarda emas, so‘mlarda pul o‘tkazmalarini qabul qilishni afzal bilishmoqda.

Agar yanvar oyida xorijiy davlatlardan bor-yo‘g‘i 1,37 foiz pul o‘tkazmalarini so‘mda qabul qilingan bo‘linsa, fevralda bu ko‘rsatkich 2,40 % ga o‘sib, martda 2,33 % ga tushadi. Aprel oyiga bu raqamlar 2,61 foizni tashkil qildi:

Milliy va xorijiy valyutada jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xalqaro pul o‘tkazmalari haqida ma’lumotlar (mln dollarlarda)

Oy

Jami amalga oshirilgan xalqaro pul o‘tkazmalari

So‘m orqali amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari

Umumiy hajmdagi ulushi

Yanvar

322,20

4,42

1,37 %

Fevral

293,80

7,04

2,40 %

Mart

333,40

7,78

2,33 %

Aprel

353,18

9,23

2,61 %

Sal avval xabar berilganidek, Markaziy bank O‘zbekiston iqtisodiyotida dollarlashtirish darajasini pasaytirish bo‘yicha ish boshlagan, amerika valyutasining qiymati esa bir necha oy davomida so‘mga nisbatan pasayib bormoqda.