Evan Shpigel 2017-yilda AQShning eng baland maosh olgan rahbari bo‘ldi

Snapchat messenjerining asoschilaridan biri va Snap kompaniyasining rahbari Evan Shpigel AQSh kompaniyalari ichida eng ko‘p maosh oladigan rahbar bo‘ldi. 2017-yilda 27 yoshli Shpigel 504,5 mln $ maosh olgani haqida yozilmoqda Bloomberg Pay Index hisobotlarida.

2017-yilda Shpigelning asosiy maoshi qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari bilan birgalikda 1,2 mln $ ni tashkil qilgan. Snapchat asoschisi o‘zining yirik daromadini 2017-yilda IPO taqdimoti orqali qo‘lga kiritdi – grant joylashtirilgan vaqtda kompaniyaning 3 % aksiyasi 636,6 mln $ ni, lekin Snap aksiyalari tushgach 31-dekabriga kelib uning qiymati 503,3 mln $ ga pasaydi. 2018-yilda Spigelning oyligi 1 $ ni tashkil etasa-da, u aksiyalarning sotuvidan daromad olishi mumkin.

2011-yilda asos solinganidan beri Snapchat zarariga ishlab qolmoqda. 2017-yilda kompaniya zarari 514 mln dan 3,5 mlrd $ ga o‘sdi. Ulardan 2,6 mlrd – aksiyalar asosida xodimlarni mukofotlashga ketgan.

Shpigelning texnologiyalar sohasidagi maoshi yaqin raqiblari Tesla bosh direktori Ilon Mask va Google rahbari Sundar Pichai bo‘lib, ular 2017-yilda 150 mln dollar va 144 mln dollar maosh olgan.

Bloomberg AQSh birjalarida savdo bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni kuzatib boradi va 200 nafar eng ko‘p haq to‘lanadigan rahbarlar reytingini tuzadi.

Bu indeksga maoshlar, bonuslarn ustama haqlar, aksiya paketlari kabilar kiradi. Aksiyalar bo‘yicha foizlar miqdorini hisoblash uchun Bloomberg moliyaviy yilning oxirida har bir kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymatini oladi. Shu tufayli indeks ko‘rsatkichlari kompaniyalar e’lon qilgan hujjatlaridagi  ma’lumotlardan farq qilishi mumkin.

______________________