Kakebo: qanday qilib pul sarflash va uni yig‘ishning yaponcha usuli

Bunday byudjet yuritish tizimini bloknotlar va qo‘lda yozilgan xatlarni xush ko‘ruvchilar qadrlashadi. Quyida lifehacker.ru saytining bu bo‘yicha tayyorlagan maqolasi bilan tanishing.

Kakebo nima?

Kakebo so‘zi xo‘jalik iqtisodiyoti kitobini bildiruvchi 3 ta iyeroflikdan iborat. Bu moliya tizimini yaponiyalik Motoko Hani oylab topgan.

Kakebo tizimi jamg‘armalarni o‘sishi va “tiyin so‘mni asraydi” prinsipi asosida ishlaydi. Katta bo‘lmagan lekin muntazam pullarni jamg‘arish talab etiladi.

Kakebo uchun nima kerak?

Motoko Hani tomonidan asos solingan bu byudjet usulini yuritish uchun sizga 2 ta bloknot kerak bo‘ladi – katta va kichik. Kattasiga barcha daromadlaringizni, xarajatlaringiz rejasini va jamg‘armalaringizni yozib borasiz. Kichigini esa o‘zingiz bilan olib yurib, real vaqtdagi barcha xarajatlaringizni yozib borish talab etiladi.

Qanday qilib eslatmalar qilinadi?

Kichik bloknotda hammasi oddiy: har safar xarakatlaringizni yozib qo‘yasiz. Kattasini esa o‘zingizga qulay shaklda yuriting. Unda quyidagilar ifodalanishi kerak:

  • Oylik daromadlar rejasi. Uni jadval yoki ro‘yhat ko‘rinishida shakllantirish mumkin. Muhimi, unda barcha kirim – avans, maosh, qarzlarning qaytarilishi, eski buyumlaringizni sotishdan keladigan pullar aks etishi lozim. Oy boshida aniq bo‘lgan daromadlaringiz jadvalini tuzib oling, keyin boshqa rangdagi ruchka bilan uni to‘ldirish mumkin.
  • Oylik jamg‘armalar rejasi. Alohida sahifada qancha mablag‘ jamg‘armoqchi ekanligingizni yozing. Asosiysi, xarajatlaringizni rejalashtirishdan oldin bu summani aniqlab oling.
  • Oylik xarajatlar rejasi. Unga doimiy xarajatlaringiz kiradi: kommunal to‘lovlar, kvartira uchun to‘lov, aloqa va internet.

Asosiy xarajat va jamg‘armangizdan qolgan mablag‘larni 4 ta kategoriyaga bo‘lish talab qilinadi:

  1. Yashash uchun xarajatlar: mahsulotlar, kimyoviy tozalash vositalari, kiyim va oyoq kiyimlari.
  2. Madaniyat va ta’llim: o‘qish, treninglar, muzeyga biletlar.
  3. Ko‘ngilochish: do‘stlar bilan uchrashuvlar, kinoga boorish, qisqa safarlar.
  4. Boshqalar: yuqoridagi 3 ta kategoriyaga kirmaydigan boshqa xarajatlar.

4 qismga mablag‘larni qanchadan bo‘lish o‘zingizga havola. Agar barchasini to‘g‘ri taqsimlasangiz oy davomida qiyinchiliklarsiz yashaysiz.

Kakebo faqat yozib borish bilan cheklanmaydi. Har bir oy oxirida rejaga amal qilganingizni, qayerda iqtisod qilishga, qaysi o‘rinda ortiqcha sarflashingizga to‘g‘ri kelganini tahlil qilishingiz kerak. Bu kelgusi oylarda reja tuzishga sizga yordam beradi.

Kakebo tizimida qanday qilib jamg‘arish mumkin?

Bu tizimda jamg‘armangizni oshiradigan qo‘shimcha qitmirliklar ham bor.

Kunlik cho‘ntagingizda qolgan qaytimlarni jamg‘armaga qo‘shib qo‘ying. Hozir sizga arzimas ko‘ringan pul oy oxirida anchayin katta mablag‘ni tashkil qilishi mumkin.

Qaytarilgan qarzlarni to‘lig‘icha jamg‘armaga kiriting. Aslida ham ular daramadlaringiz emas. Shunchaki sizga avvalgi oyda hisobga qo‘sha olmagan qarzlaringizni qaytarishdi.

O‘zingizga jarima solish tizimini ishlab chiqing. Masalan, zararli odatlaringiz yoki sport mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborganingiz uchun ma’lum bir summani jamg‘armangizga qo‘shib qo‘ying. Bu bilan boyib qolmasangizda tartibli bo‘lishga o‘rganasiz.

Ishlatmoqchi bo‘lgan pullaringizni 4 haftaga bo‘ling. 7 kundan qolgan mablag‘larni hafta oxirida yana jamg‘armaga qo‘shib qo‘ying.

Nozarur xaridlaringizni keyingi oyga qoldiring, shunda ham o‘sha buyumni olishni istasangiz bu ishni qiling. Lekin ko‘pincha uni kerakligini tushunasiz.

Kakebo’ni zamonaviy texnologiyalar bilan qanday moslashtirish mumkin?

Tizim ikkita bloknotga yozishni o‘z ichiga olgan. Biroq, hech kim sizga uni telefoningizdagi ilovada yozib borishni ta’qiqlamaydi, asosiy moliyaviiy kitob o‘rniga esa Excel jadvallari ham yordam beradi.

______________________