Bir marta ko‘rgach: vizual vositalar yordamida auditoriyani qanday qilib jalb etish mumkin

Reklama dizayni bo‘yicha ekspert Den Henessi Amerikaning Forbes jurnaliga brend kishilarning e’tibor tortishi va mijozlar jalb qilishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi haqida tavsiyalar berdi.

Agar bugungi biror nima bilan ajablantirish qiyin auditoriyaning diqqatini tortmoqchi bo‘lsangiz vizual komponentlar shunchaki muhim emas, balki faoliyatingizda ular birinchi o‘rinda turadi va hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Brendning ruhini yetkazib beruvchi vizual obrazlardan foydalaning. Bugun hech kim biror narsaga uzoq e’tiborini qaratmaydi: ular bir qarashda nima haqida gap borayotganini bilib olishlari kerak. Brendni o‘zini, uni xarakterini ifodalovchi obrazlardan foydalaning.

Matnni alohida qismlarga ajrating. Ba’zan brend to‘la matn ko‘rinishida qandaydir tarixni yetkazib berishi kerak. Bundan vizual tarkibning muhimligi ortadi. Bu ishga ijodiy yondashish zarur: muhim statistikani qoliplarga solish, buyuklarning fikrlari va qiziqarli faktlarni o‘ziga xos shakllantirish kerak. Mazkur elementlar kishi ko‘rib nimaligini oson tushunib olishi uchun alohida joylashtirilishi kerak.

Yaxshi media-kampaniya sahifani qadam-baqadam yuritish, ro‘yhatlar, suzuvchi o‘tish effektlari kabi dizaynerlik repertuarining barcha elementlarini qo‘llaydi. Bular orqali matnning “og‘irligi”dan qutulish mumkin. Cheklamang – minimalizm hozirda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. U yana urfga qaytishi tabiiy, ammo hozir yorqin rangli palitralar, gradiyentlar, animatsiya, avoz va videolar trendda.

Shu bilan birga o‘quvchingizni qattiq hayratlantirishi va unga zarba berish kerak emas. Har bir element axborot haqidagi taassurotni boyitishi zarur. Oz har doim ham eng yaxshisini bildirmaydi, lekin juda ko‘p axborot bo‘lsa ham o‘quvchi charchashi va e’tibor bermasligi mumkin. Agar ikkalasi bir-biriga mos kelmasa o‘z fikringizni juda zamonaviy formatda berishga urinmang. Misol uchun, auditoriya infografikani xohlaydi, lekin siz voqeani hikoya qilib berishda boshqa mosroq usulni tanladingiz. O‘quvchingizga o‘z variantingizni taqdim qiling. Bunda eng yomoni shunchaki sizga “yo‘q” deyishlari mumkin.

Ishlab chiqarishning kalit ko‘rsatkichlariga diqqat qiling. Agar siz juda ko‘p tomosha qilinishlarga erishmoqchi bo‘lsangiz, g‘oyangiz qismlarini auditoriya Twitter’ga yozib qoldira oladigan qilib tuzing. Agar sizning ishlab chiqarish ko‘rsatkichingiz kaliti yozuv bilan o‘zaro munosabat bo‘ladigan bo‘lsa, kontentni shunday tanlash kerakki, o‘quvchi sahifani tark etmay turib, videoni ko‘rib bo‘lmay turib yozuv qoldira olsin.

Umuman va xususan dizaynerlar o‘zlarini yanada ochiqroq tutishlari kerak. Ayni vaqtda vizualizatsiyaning oddiy infografikalar va sxemali rasmlar ko‘rinishlaridan ko‘p foyda beradi. Lekin variantlar juda ko‘p bo‘lishi kerak. Eng muhimi auditoriya bilan muloqotda qo‘yilgan maqsadlarga yetishish, qolgan barchasi o‘z-o‘zidan keladi.

______________________