Parlamentda innovatsion rivojlanish bo‘yicha Qo‘mita tuziladi

Parlament saytida berilgan xabarga ko‘ra, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari Qo‘mitasining nomi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalariga o‘zgardi, deb yozadi spot.uz.

“Agar ilgari qo‘mita faqat diqqat-e’tiborini telekommunikatsiya, axborot-kutubxona muassasalari, mass-medialar faoliyati, reklama nashriyot sohasiga qaratgan bo‘lsa, keyinchalik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalariga axborotlashtirish kirib borishi bilan integratsiya tarmoqlarida ko‘proq ishlay boshladik”, – deya ta’kidladi Qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev.

Yaqin vaqtlarda qo‘mita uzoq muddatli ish rejalarini qayta ko‘rib chiqadi, ularga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasida aniq natijalarga erishish uchun qaratilgan innovatsion chora-tadbirlarni kiritadi.

Birinchi navbatda bu “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunning loyihasini tayyorlashdan iborat bo‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda innovatsion faoliyatni kuchaytirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishni ko‘zda tutiladi.

Qo‘mita innovatsion rivojlanish Vazirligi bilan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni samarali tartibga solish, innovatsiyalar va innovatsion faoliyat sohasida, ilmiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa innovatsion faoliyat natijalarini yaratish, rivojlantirish va tijoriytlashtirishni jadallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishni ko‘zlagan.

Milliy innovatsion infrastrukturalarning rivoji, mazkur sohani davlat hokimiyatiga samarali tadbiq etishga qulay sharoit yaratib berish maqsadida keng ekspertlar jamoasining kuchlari birlashadi.

______________________