Ish vaqtidan qanday qilib unumli foydalanish mumkin: 7 ta oddiy maslahat

Yanada ko‘prog‘iga ulgurishni istasangiz quyidagi maslahatlarni hayotingizga joriy eting.

Robert Pozen

MFS Investment Management direktorlar kengashining sobiq raisi, Massachusets texnologik institute qoshidagi biznes-maktab o‘qituvchisi, ish unumdorligini oshirish bo‘yicha kitoblar muallifi.

 

  1. Ish samaradorligini soatlarga qarab emas, natijaga qarab belgilang

Biz ish kunimiz qanchalik unumli o‘tganini ishlagan soatlarimizga qarab baholaymiz. Bu yondashuv eskirgan. Uning o‘rniga mehnatingiz natijasiga qarang.

“Soatlar qilingan ishning foydasini ko‘rsatmaydi, – deydi Pozen. – Siz biror marta 3 haftangizni yomon chiqqan maqolaga sarflaganmisiz? Yoki 3 kuni ichida yozgan materialingiz yaxshi chiqqan vaziyatlar ham bo‘lganmi? Qaysi holda vaqtimni samarali sarflaganman deya olasiz?”

  1. Ishingizni muhimligiga ko‘ra ajrating

Bir hafta yoki bir yilga mo‘ljallagan aniq maqsadlaringiz bo‘lsa kerak. Ularni muhimligi jihatdan ajratib chiqing. Odatda, biz buni e’tiborga olmaymiz.

O‘ylab ko‘ring, maqsadlaringiz o‘zingizga yoqqan yoki imkoniyatlaringiz yetarli ishlarni ko‘rsatyaptimi? Har bir harakatingiz va maqsadingiz ostida qanaqa sabab turibdi? Ular ishxonangizning talabi bilan qanchalik mos?

  1. Mayda-chuydalar sabab qayg‘urmang

Hamisha o‘zi ahamiyatsiz, lekin ko‘p vaqtni oladigan ishlar bo‘ladi, masalan, kelgan xabarlarni ko‘zdan kechirish. Aksariyat insonlar har 5 daqiqada qabul qilingan xabarlar papkasini tekshirishadi. Har ikki soatda pochtangizga kiring va yuboruvchi shaxsi va mavzusiga qarab ularni o‘qing.

Shuningdek, Pouzen xatlarni faqat bir marta o‘qishni ham maslahat beradi. Ochgach javob yozish-yozmaslik bo‘yicha qaror qabul qiling. Agar ha bo‘lsa, tezda javob yuboring. 80 foiz xatlar odatda, javob talab qilmasligini ham unutmang.

  1. Muhim loyiha ustida ishlashingiz kerak bo‘lsa, eng oxiridan boshlang

Biz eng ko‘p vaqtimizni axborot to‘plash va kishilar bilan muloqot qilishga sarflaymiz. Keyin esa tezda ularni yig‘ib biror nima yozishga kirishamiz. Pozen bu usulni samarali deb bilmaydi. Agar ko‘p kutilsa, juda ko‘p keraksiz ma’lumotlar yig‘ilishi va ulardan foydalanishda adashib qolishingiz ham mumkin.

Biror xulosaga kelish uchun loyiha yakunini kutmang. 2 kun vaqtingizni material to‘plab, ularni shakllantirishga sarflang. Ish jarayonida o‘zgartirishlar kiritib yakuniy xulosani ham birdan bering.

  1. O‘zingizga o‘ylash uchun vaqt bering

Kuningizdagi har bir soatni ishga bag‘ishlamang. Albatta, fikrlash uchun ham vaqt qoldiring. Maqsadlaringizni o‘zingizga eslatib turish uchun tanaffuslar qiling. Kuningiz foydasiz majlis va mayda ishlar bilan o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

  1. Kutilgandek bo‘ling

Barak Obama prezident bo‘lishidan oldin safarlarga chiqishda o‘zi bilan bir nechta ko‘k rangli kostyumlarni olgan. Bu bilan u har safar nima kiyish kerakligi haqida bosh qotirishdan qutulgan. Uning misolidan o‘rnak oling va sizni kutganlaridek bo‘ling.

O‘z kun tartibingizda nima kiyish, tushlikka nima yeyish kabi kam ahamiyatli savollarni bartaraf eting. Ayniqsa, ertalab qaror qilishga ko‘p vaqt sarflamang.

  1. Ishda kechgacha qolib ketmang

Ko‘pchilik bekorchi bo‘lib ko‘rinmaslik uchun ishda ko‘proq qoladi. Hattoki, ular kunduzi juda ko‘p ish qilishgan bo‘lsa ham. Siz hamkasblaringiz nima bilan band bo‘lganliklarini bilmaysizku, balki ular kun davomida faqat video‘yinlar o‘ynagandirlar.

Albatta, ba’zan ishda ushlanib qolish kerak bo‘lgan vaziyatlar bo‘ladi, lekin buni har kun qilish kerak emas. Kechki ovqat oldida ishni o‘ylab o‘tirmaslik uchun ish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilib keting.

______________________