O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda telekanal yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi berayotgan xabarga ko‘ra O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda telekanal tuzish bo‘yicha muhokamalarni amalga oshirishmoqda, deb yozadi spot.uz nashri.

Agentlikda RFning aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin, Rossiya Prezidentining ma’muriyatidan, Butunrossiya davlat televizion va radiouzatish kompaniyasidan, «Россия Сегодня», «Первый Канал», «Россия 24» telekanallaridan vakillar ishtirokidagi rossiyalik delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuvda muhokama qilingan masalalardan biri «Первый канал» AJ bilan hamkorlikda telekanal tuzish bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda ko‘tarilgan qolgan jihatlar: O‘zbekiston haqida hujjatli film va dasturlar suratga olish uchun rossiyalik rejissyorlarni jalb etish, raqamli teleuzatish, texnoparklar, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, internet doimiyligini ta’minlash, IT-mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

______________________