Kosmik hayolparast: Ilon Mask raketa tashuvchilarini gigant havo shari yordamida qaytarmoqchi

SpaceX kosmik kompaniyasi rahbari raketa tashuvchilarini saqlashning “noodatiy” usuli haqidagi fikri bilan bo‘lishdi.

Milliarder Ilon Mask shishirilgan sharlardan raketaning tashuvchi qismlarini qo‘ndirishda foydalanishni taklif etdi.

“Bu ahmoqona eshitilishi mumkin, lekin SpaceX  raketaning orbitadan qaytadigan blokini yirik havo sharlari yordamida qaytarishga urinmoqda”, – deb yozadi u o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Birinchi marta SpaceX o‘rtacha o‘g‘irlikdagi yuk ko‘taruvchi Falcon 9 raketasining 1-tashuvchisini 2015-yilda qo‘ndirgan edi. 2017-yildan buyon esa kompaniya bu qismlarni doimiy qo‘ndirishni davom ettirmoqda.

2018-yilning fevralida SpaceX Kanaveraldagi NASA markazidan o‘ta og‘ir Falcon Heavy raketasini ishga tushirdi. 3 ta raketa tashuvchilaridan 2 tasi yerga muvaffaqiyatli qaytib tushdi, Tesla Roadster raketasining o‘zi esa Mars orbitasiga yo‘l oldi. Unda qo‘g‘irchoq kosmonavt bo‘lgan.

Falcon Heavy’ning birinchi tashuvchisi o‘zida Falcon 9’ning ilk 3ta tashuvchisini jamlaydi. Mask aytib o‘tganidek, raketaning halokatga uchragan tashuvchilarida tezlikni kamaytirishda yoqilg‘i tugab qolgan. Shu sabab tashuvchi Florida qirg‘oqlaridan 300 mil uzoqlikdagi Atlantika okeanining hududida suvga kelib tushgan va portlab ketgan.

Maskning fikricha, ikkinchi va keyingi tashuvchilarni havo to‘ldirilgan sharlar yonish sharoiti mavjud bo‘lmaganda ham sekinlashtirishga xizmat qiladi.

______________________