Vladimir Putinning daromadlari 2017-yilda ikki barobar oshdi

Forbes’ning yozishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2017-yilda o‘z mablag‘larini 18,73 million rublga oshirdi. Pezidentning daromadlari, xarajatlari va mulklari haqidagi bunday ma’lumotlar Kremlning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Putinning daromadlari 2016-yil bilan taqqoslaganda 9,87 mln rublga oshgan. O‘sha yili prezidentning o‘rtacha oylik daromadi 738 ming rublni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017-yilda 1,5 mlnga yetgan.

Kreml boshqaruv xodimlarining aksariyatida xorijda shaxsiy mulklari yo‘q, lekin hashamatli avtomashinalari anchagina. Faqat prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning rafiqasi Tatyana Navka AQShda 126 kv.m dan iborat shaxsiy kvartirasi bor. Bundan tashqari Peskovning daromadlari haqidagi hisobotlarda uning voyaga yetmagan o‘g‘li 2016-yildan buyon Fransiyada 180 kv.mlik kvartiradan foydalanish huquqiga egaligi keltirilgan.

Kreml rahbarlarining transport vositalari haqida gapiradigan bo‘lsak, avto va moto ishtiyoqmandlari orasida davlat maslahatchisi Sergey Grigorev yetakchi. Uning turli sinfdagi avtomobillari mavjud: Zaporojets 965, Mercedes-Benz GLE 450 va BMW 640d hamda 4 xil motosikl – Royal Enfield Bullat, Black Douglas, Harley-Davidson FLSTC va Ural IMZ.

Hukumat daromadlari

Bosh vazir Dmitriy Medvedev 2017-yilda 8,57 million rubl daromad olgan. Bu 2016-yildagiga qaraganda 21 600 rubl kamroq. Hukumat apparatidan ma’lum qilinishicha “asosiy daromad (maosh) dan tashqari, qolgan daromadlar bankka qo‘yilgan omonatlarning foizi hisobiga ham oshadi. “Medvedevning umumiy yillik daromadi kamayganining sababi 2017-yilda bankka qo‘yilgan omonat foizlarining kamayishi hisobiga”, – deyiladi hukumat apparatining bayonotida.

Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozakovning 2017-yildagi daromadlari deyarli o‘zgarmagan – bir yil avvalgi 21,6 million rubldan farqli 21,4 mlnni tashkil etgan. Mulklardan esa uning bepul foydalanish huquqiga ega kvartirasi bor.

Tabiiy resurslar bo‘yicha vazir Sergey Donskoy 2017-yilda deyarli 5,3 million rubl ishlab topgan. 2016-yildagi singari uning kvartiralari soni ikkita. Shu bilan birga 2017-yilda Donskoyning turmush o‘rtog‘ining mablag‘i 401,8 ming rublga oshgan.

Iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha vazir Maksim Oreshkinning daromadlari 2016-yildagi 16,54 mln rublda 2017-yilda 20,9 mln rublga oshgan. Vazirning yer uchastkasi, hovli va kvartiralari bor. Yana bir kvartiradan u bebul foydalanib kelmoqda. Uning shaxsiy kvartira va Land Rover avtomobiliga egalik qiluvchi rafiqasi esa o‘tgan yilda 233 000 rubl foyda oldi.

______________________