Samsung talabalar uchun internetga ulanish imkoni bo‘lmagan smartfon ishlab chiqardi

Samsung Janubiy Koreyada J2 Pro qurilmasini sotuvga chiqardi. Bu bir qarashda odatiy smartfon bo‘lib, faqat yagona farqi bor: undan na mobil aloqa orqali, na Wi-Fi orqali internetga ulanib bo‘ladi.

Qurilma talabalar va keksalarga mo‘ljallangan. Uni ishlab chiqarishdan maqsad o‘qiydigan yoshlar dars paytida ijtimoiy tarmoqlar va saytlarga chalg‘imasliklaridan iborat. Bu bilan talabalar yaxshiroq o‘qiydilar deb taxmin qilinmoqda, yoshi kattalarga esa telefonni qo‘shimcha “qiyin” funksiyalarsiz ishlatish qulay bo‘ladi.

186 dollar evaziga xaridorlar 5 dyumli AMOLED-ekranga, 4 yadroli protsessorga, 1,5 Gb operativ xotira va microSD kartasiga ega smartfonni sotib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, qurilma 2 kamera bilan ta’minlangan: old kamera 5 megapiksel va asosiy kamera 8 megapikseldan iborat. Smartfonda LTE-modul mavjud, lekin u faqat qo‘ng‘iroqlar va smslar uchun ishlaydi. Gadjetga ilovalarni faqat klassik uslubda – USB-sim bilan kompyuterdan o‘tkazib olish mumkin. Kalkulyator, eslatmalar va lug‘at kabi ilovalar o‘rnatilgan.

J2 Pro narxi 186 dollar ekanligini aytib o‘tdik, biroq 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lganlarga Samsung maxsus shartlarni taqdim etadi. 2019-2020-yillarda Suneung sinovini topshirgan talabalar J2 Pro’ni kompaniyaning Galaxy S, Note и A-seriyasidagi smartfonlariga bepul almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

The Verge nashri qayd etganidek, janubiy koreyalik o‘quvchilar uchun smartfon haqiqatdan foydali bo‘lishi mumkin, chunki bu bilan ular bitirish imtixonlariga jiddiyroq yondashishadi. Qurilmani boshqa davlatlarda ham tarqali haqida hozircha ma’lmotlar yo‘q.

______________________